Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak avtomobilning yo‘lovchi o‘rindig‘ida harakatlanayotganda xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi. Ushbu holat bosh vazirning Instagram tarmog‘idagi jonli efir paytida sezilib qolgan.
Angliya shimoli-g‘arbidagi Lankashir grafligi politsiyasi «londonlik 42 yoshli erkakka» jarima yozib berilganini ma’lum qildi.
Harakatlanayotgan mashinada taqilmagan xavfsizlik kamari uchun jarima 100 funtni tashkil etadi, agar qoidabuzar sudga murojaat qilsa, lekin aybdor deb topilsa, u 500 funtga ko‘tarilishi mumkin.
Dauning-strit bayonotida Sunak «xatosini to‘liq tan olishi va kechirim so‘rashi» hamda jarimani to‘lashi aytiladi.
Aytilishicha, bosh vazir Lankashirda Britaniya hukumatining mintaqaviy rivojlanish dasturi haqida reklama roligini suratga olayotganda xavfsizlik kamarini yechib qo‘ygan.
Bu Sunakning hukumatdagi ishi vaqtida ikkinchi jarimasi. O‘tgan yilning aprel oyida u pandemiya davrida karantin qoidalarini buzgani uchun Boris Jonson va uning rafiqasi Kerri bilan birga jarimaga tortilgan edi. Gap lokdaun paytida Dauning-stritdagi bazmlardan biri ketyapti: Sunak 2020 yil iyun oyida o‘sha paytdagi bosh vazirning tug‘ilgan kunini nishonlashda ishtirok etgan.
Liberal-demokrat partiyasi politsiya tomonidan jarimaga tortilgan tarixdagi ikkinchi bosh vazirga aylangan Sunak «Boris Jonson kabi qoidalarga hurmatsizlik ko‘rsatganini» ma’lum qildi.
Mavzuga oid
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
13:52 / 21.11.2024
Britaniya O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
15:52 / 20.11.2024
Britaniya «Yunarmiya» va «Avangard»ga qarshi sanksiyalar kiritdi
15:20 / 14.11.2024