Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisidagi» qarori imzolandi. 

Qaror bilan Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi örinlarda – Markaz) ftiziatriya va pulmonologiya kasalliklarini profilaktika qiliş, taşxislaş, davolaş hamda mazkur sohalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlaş böyiça respublikada boş muassasa sifatida belgilandi. 

Şuningdek, qarorga köra, 2023 yildan boşlab har yili latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekşiruvlari soni 1 million nafarga, latent tuberkulyoz infeksiyasiga çalingan şaxslarni davolaş qamrovi 21 ming nafarga yetkaziladi, bundan taşqari, tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafargaça bemor dori vositalari bilan ta’minlanadi. 

Şu bilan birga, tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasi mutaxassislari tomonidan tuberkulyoz bilan kasallaniş xavf guruhiga mansub şaxslarni (ösmirlar va kattalar) rentgenologik tekşiruvdan, bolalarni immunologik tekşiruvdan ötkaziş belgilandi. 

Bundan taşqari, «Öpka salomatligi» mobil brigadasi doirasida hududlardagi olis, çekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yaşovçi aholiga bepul tibbiy körik doirasida skrining tadbirlari ötkaziladi. Buning uçun «Isuzu» mikroavtobusi bazasida olis, çekka va toğli hududlarga möljallangan ixtisoslaştirilgan avtotransport vositasining texnik parametrlari işlab çiqiladi. 

Özbekistonda tuberkulyoz kasalligini davolaş maktabini yaratişga qöşgan ulkan hissasini inobatga olgan holda Markazda akademik Şokir Alimov nomi tiklanadi. Uning nomidagi ilmiy maktab, Markaz tarkibida Milliy referens laboratoriyasi taşkil etiladi. 

Markazga, hududlardagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga hamda kattalar uçun möljallangan sihatgohlarga Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişilgan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketiga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pulli asosda körsatiladi.