HTTPS://T.ME/NEWS_SIRENA

19 yanvar kunidan Rossiyadagi internet sahifalarida Kreml yaqinidagi ba’zi binolarning tomlariga havo hujumidan mudofaa tizimlari (HHM) örnatilgani aks etgan surat va videolar joylaştirila boşlandi. Xususan, tasvirlarga qaraganda, «Pansir-S1» tizimi Rossiya mudofaa vazirligi binosi tomida ham paydo bölgan.

Şu kuni Moskva şahrining Tagan rayonidagi köp qavatli uylarning yuqori qavatidan olingan video ham tarqaldi. Unda «Pansir» tizimiga juda öxşaş harbiy qurol va konteynerni bino tomiga kötarayotgan kranni köriş mumkin. Ofis qöriqçilari bölayotgan voqeani yo «rejalaştirilgan maşğulotlar», yoki «tomni ta’mirlaş» deya izohlagan.

Rublevo-Uspenskoye şossesi böylab Novo-Ogaryovodagi Putin qarorgohidan ön kilometr uzoqlikda havo hujumidan mudofaa tizimi (taxminan «Pansir-S1») örnatilgani tasvirlangan yana bir video Sirena telegram-kanalida e’lon qilindi.

Yangi Moskvadagi harbiylar joylaşgan Ostafevo biznes aerodromidan ikki kilometr uzoqlikda ham bir neçta havo hujumidan mudofaa tizimlari suratga olingan. Videoni Sirena tahririyatiga yuborgan foydalanuvçining sözlariga köra, harbiy texnika bu yerda taxminan bir oy oldin paydo bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Moskvaning turli burçaklaridagi harbiy texnikalarning boşqa tasvirlarini ham tarmoqda tarqatmoqda. Foydalanuvçilar Timiryazev qişloq xöjaligi akademiyasi hududiga joylaştirilgan S-400 tizimi, şuningdek, Loslar oroli boğiga örnatilgan havo hujumidan mudofaa batareyasi haqida xabar bergan.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 18 yanvar kuni Dniproda röy bergan fojiani (rus raketasining turar joy binosiga zarbasi oqibatida 40 dan ortiq tinç aholi halok böldi) izohlar ekan, hammasiga Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlarini aybdor qildi. Uning sözlariga köra, «ukrainaliklar barça uruş qonunlari, xalqaro va gumanitar huquqlarga zid ravişda HHM tizimlarini turar joylar binosiga joylaştirgan».

20 yanvar kuni jurnalistlar Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Moskvaga örnatilayotgan HHM tizimlari haqida söradi, u esa odatdagidek barça savollarni mudofaa vazirligidan söraş kerakligini aytdi.

RF mudofaa vazirligi va Moskva şahar hokimiyati şaharda bölayotgan voqealarga izoh bermagan.