Veyk-an-Zeye şahrida ötayotgan turnirning «Masters» guruhida özbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisini qora donalarda mağlub etişga erişdi. Uşbu ğalaba orqali Nodirbek oçkolari sonini 5,5 taga yetkazib, guruhda yakka peşqadamga aylanib oldi.

Abdusattorov turnir davomida vengriyalik Rixard Rapport, eronlik Parham Maqsudluni mağlub etib, amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Dommarju Gukeş bilan durang öynagan edi. Ikki kun avval esa Magnus Karlsen ustidan muhim ğalabaga erişgan, kuni keça hindistonlik Rameşbabu Pragnanandaa bilan durang qayd etgandi.

Bugun Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Levon Aronyan bilan kuç sinaşadi.

«Masters» guruhida yana 6 ta tur ötkaziladi. Turnir 29 yanvargaça davom etadi.

Özbekistonlik yana bir xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov esa «Challengers» guruhida ğoliblik uçun kuraş olib boryapti. U 7-turda niderlandiyalik Elin Royebersga qarşi uçraşuvni oq donalarda ötkazib, ğalabaga erişdi.

Javohir Sindorov

Şu tariqa, Javohirning oçkolari soni 5 taga yetdi va u endi ikkinçi örinda bormoqda.

Bugun u turnirdagi juda muhim öyinni ötkazadi. U qora donalarda 3-örinda borayotgan turk grossmeysteri Mustafo Yilmazga qarşi dona suradi.