23 yanvar kuni Özbekiston hududiga sovuq antitsiklon periferiyasi ta’sir etib turadi. «Özgidromet»ning xabar qilişiça, respublikaning barça hududlari böyiça havo biroz, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. 

Kunduzi havo harorati −3..+2 daraja atrofida, ayrim joylarda −5 darajagaça sovuq böladi.

Iş haftasi oxirigaça sovuq havo massasi ta’siri saqlanib turadi. Respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yoğadi.

Keçalari havo harorati −8...−13 daraja sovuq, ba’zi joylarda −15...−17 darajagaça sovuq, kunduz kunlari −3...+2 daraja, ba’zi joylarda −5 darajagaça sovuq böladi.

Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi kuzatiladi.

Respublika yöllarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelişi saqlanib turadi.