Örmon nazoratçilari ayiq bolasini örmon xöjaligiga olib borgan. U örmon xöjaligi binosida içimlik suvi, sabzavotlar, örmon mevalari va non bölaklari bilan oziqlantirilib, vaqtinçalik saqlab turilgan.
Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Tyan-Şan qönğir ayiği turiga mansub bölgan uşbu ayiq bolasi onasi uyquga ketişidan oldin adaşib qolgani taxmin qilinmoqda.


Qişning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud bölişi hamda brakonerlar tomonidan ovlanişi ehtimoli yuqori ekani inobatga olinib, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan ayiq bolasi veterinariya körigidan ötkaziş va vaqtinça saqlab turiş maqsadida Toşkent hayvonot boği qoşidagi reabilitatsiya markaziga topşirilmoqda.
Vazirlik hamda Toşkent hayvonot boği mutaxassislari bahor fasli boşida uşbu ayiq bolasini «Uzun» davlat örmon xöjaligidagi tabiat bağriga qöyib yuborişni rejalaştirmoqda.

















