Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye şahrida şaxmat böyiça nufuzli Tata Steel-2023 turniri davom etmoqda.

Musobaqada özbekistonlik yoş şaxmatçilar xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yetakçi grossmeysterlar qatorida «Masters» guruhida, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov esa «Challengers» guruhida ğoliblik uçun kuraş olib boryapti.

10-turda 18 yoşli Nodirbek Abdusattorov jahon tojiga da’vogarlik qilayotgan xitoylik Ding Liren bilan durang öynadi. Bu natijadan söng, Nodirbek 10 imkoniyatdan 7 oçko jamğarib, «Masters» guruhida peşqadamlik qilişda davom etmoqda.

«Masters» guruhida yana 3 ta tur ötkaziladi. Abdusattorovning keyingi raqibi 26 yanvar kuni niderlandiyalik şaxmatçi, uni 0,5 oçko farq bilan ta’qib etayotgan Aniş Giri böladi. Kuçli uçlikni 6 oçkoga ega Magnus Karlsen yakunlab turibdi.

«Challengers» guruhida 17 yoşli Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli iştirok etmoqda. U navbatdagi turda niderlandiyalik Ervin Lami bilan durang qayd etdi.

U endi 9 imkoniyatdan 6,5 oçko jamğarib, uçinçi örinni egallab turibdi.

Musobaqa 29 yanvargaça davom etadi.