Özbekiston hukumati keyingi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça bir neçta yönalişlardagi rejalarni işlab çiqmoqda. Bu haqda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov bugun, 25 yanvar kuni jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning aytişiça, gaz yetarli bölgan taqdirda ham bunaqa qattiq sovuq vaqtlarida quvurlarda baribir bosim tuşadi, şuning hisobiga çekka hududlarga gaz yetib bormay qoladi. Buning yeçimi sifatida bu hududlarda ikki funksiyali issiqlik markazlarini taşkil etiş rejasi körib çiqilyapti: bu markazlar kömirda işlab, ham issiqlik uzatadi, ham elektr energiyasi işlab çiqaradi.
Ikkinçidan, hukumat quyoş energiyasidan foydalanişni sezilarli oşirişni möljallamoqda. Mirzamahmudovning sözlariga köra, ötgan anomal sovuq kunlarda ham, hatto qiş vaqtida kun qisqa bölişiga qaramay, mavjud quyoş stansiyalari 98 foizgaça quvvatda işlay olgan.
Quyoş fotoelektr stansiyalarini tezroq quriş maqsadida kompaniyalar tendersiz tanlab olinişi mumkin. Bunda investorlarga elektr energiyasi davlat tomonidan faqat oxirgi tenderlardagi narxlardan (2,8 sent) oşirilmagan narxlarda sotib olinişi şarti qöyiladi.
Energetika vazirligi rahbari uçinçi yeçim çorasi sifatida köp gaz yoqadigan sanoat korxonalari (quriliş materiallari işlab çiqaruvçilar va issiqxonalar – ular umumiy gaz iste’molining 8-10 foizini taşkil etadi) kömirga ötkazilişini aytdi.
Eslatib ötamiz, kuni keça boş vazir Abdulla Aripov ötkazgan selektorda ham kutilayotgan ayrim çoralar haqida aytib ötilgan edi:
1991 yildan oldin qurilgan köp qavatli uylarning fasadiga bazalt qoplab çiqiladi
Vazirlar Mahkamasi qişga tayyorgarlikdagi kamçiliklardan “töğri xulosa çiqaradi”
2023 yilda gaz qazib olişni 9 foizga oşiriş imkoniyati borligi aytildi

















