26 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi arafasida Bişkek şahrida «Qirğiziston – Özbekiston» biznes-forumi bölib ötdi. Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi xabariga köra, unda ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, tegişli vazirlik, idoralar, tarmoq birlaşmalari, hududiy ma’muriyatlar rahbarlari, işbilarmon doiralarining 350 dan ortiq vakillari iştirok etdi.

Forum oçilişida çiqiş qilgan spikerlar ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi sönggi beş yillikda 7 barobarga oşib, 2022 yilda 1,2 milliard dollarni taşkil etganini qayd etişgan.
Şu bilan birga, Özbekiston va Qirğiziston iqtisodiyotlari yaqin kelajakda 2 milliard dollarlik marradan oşiş uçun yetarli salohiyatga egaligi ma’lum qilindi. Bunga, boşqa çoralar bilan bir qatorda, sement, kömir, rangli metalllar, qişloq xöjaligi va töqimaçilik mahsulotlari, kimyoviy öğitlar, maişiy va savdo uskunalari, farmatsevtika mahsulotlari özaro yetkazib berişni köpaytiriş evaziga erişiş mumkinligi ta’kidlandi.

«Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalari ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişi sifatida belgilab berildi. 2016 yilga nisbatan qöşma korxonalar soni 8 barobarga oşib, 320 taga yetdi. Avtomobil va tijorat texnika vositalarini işlab çiqariş, qöşma töqimaçilik korxonalarini işga tuşiriş, kimyo mahsulotlari işlab çiqariş, şuningdek, elektr energiyasini hisobga oliş tizimini joriy etiş böyiça yangi loyihalarni amalga oşirişga kelişildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Ikki mamlakat iqtisodiyotlari bir-birini töldirişi tamoyili asosida temir, kaolin, travertin, bazalt konlarini özlaştiriş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişga qaratilgan yirik loyihalar işlab çiqilmoqda.
Qişloq xöjaligi sohasida ham har ikki iqtisodiyotning raqobatdoş ustunliklaridan foydalaniş közda tutilgan. Bunda intensiv boğlar va zamonaviy issiqxonalarni rivojlantiriş, birgalikda kartoşka, makkajöxori va göşt yetiştiriş, qöşma çorvaçilik komplekslarini yaratiş nazarda tutilmoqda.


















