Qozoğistonda mulki töğrisida maxsus deklaratsiya taqdim etişi kerak bölgan şaxslar röyxati tuzilmoqda. Bu haqda Boş vazir Alixon Smailov raisligida bölib ötgan Iqtisodiy siyosat kengaşi yiğilişida söz bordi.
Yiğilişda prezident topşiriğiga köra, qonunga xilof ravişda mamlakatdan olib çiqilgan aktivlarni davlatga qaytariş töğrisidagi qonun loyihasi körib çiqildi. Hujjat aktivlarni noqonuniy olib çiqişga barham beriş, şuningdek, ularni ixtiyoriy ravişda yoki majburan qaytarişni rağbatlantiriş uçun möljallangan.
Qonun loyihasiga köra, mamlakatda öz aktivlari haqida qöşimça hisobot berişi kerak bölgan şaxslarning röyxati tuziladi. Agar röyxatdagi şaxs öz aktivlarining qonuniy kelib çiqişini tasdiqlay olmasa, ular asossiz ravişda qölga kiritilgan deb hisoblanadi va davlat daromadiga aylantirilişi kerak.
Qaytarilgan aktivlar Qozoğiston xalqi farovonligini oşirişga qaratilgan loyihalarga yönaltirilişi rejalaştirilmoqda.
Yiğiliş yakunlari böyiça Smailov Adliya vazirligiga bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda qonun loyihasini har tomonlama örganişni davom ettiriş böyiça topşiriq berdi.
Prezident Qosim-Jömart Töqayev 2022 yil yanvardagi norozilik namoyişlaridan söng darhol hukumat va Boş prokuraturaga xorijga noqonuniy olib çiqib ketilgan kapitalni Qozoğistonga qaytariş masalasini işlab çiqişni topşirgan edi.
Qonun loyihasi 31 martga qadar parlamentga kiritilişi rejalaştirilgan.

















