2022 yilda Özbekiston Respublikasining yalpi içki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 888,34 trln sömni taşkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
2022 yilda AQŞ dollarining sömga nisbatan örtaça rasmiy kursi 11 051,2 sömga teng böldi. Şunga köra, mazkur kurs böyiça hisoblangan YaIM hajmi 80 mlrd 384 mln dollarni taşkil etdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston iqtisodiyoti 2022 yilda 5,7 foizga ösgan.

Ötgan yili aholi jon boşiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 24,9 mln söm yoki 2 255 dollarga yetgan. Bunda, yil davomidagi doimiy aholi soni örtaça 35 mln 648 ming kişi deb olingan.
Aholi jon boşiga YaIMning ösişi 2021 yilga nisbatan 3,5 foiz bölgan.

















