Muloqotda 2022 yil noyabr oyida O‘zbekiston va Sharja savdo-sanoat palatalari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvga binoan, o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Sharja amirligiga safarini tashkil etish, O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va Sharjaning yirik Beeah group kompaniyasi o‘rtasida muloqot o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Buxoro va Sharja o‘rtasida aviaqatnovlarni tashkil etish, ta’lim, madaniyat va merosni asrash sohalaridagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida fikr almashdi.
Sharja va Buxoro o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish yuzasidan Sharja delegatsiyasining 27 fevral – 2 mart kunlari Buxoro shahriga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.










