Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari tomonidan Özbekistonda 2035 yilgaça bölgan davr uçun aholi soni prognozlarining ijtimoiy soha va elektr energiyasi ta’minotiga ta’siri örganildi.

Qayd etilişiça, 2035 yilga borib, Özbekiston aholisi 45,6 mln kişidan oşişi kutilmoqda. Uşbu yilgaça har yili örta hisobda 900−950 ming gödak dunyoga keladi.

3-6 yoş oraliğidagi bolalarni maktabgaça ta’lim muassasalari bilan qamrab oliş darajasi 90 foizga yetişi kutilyapti va buning uçun maktabgaça ta’lim muassasalarida 1 mln 264 ming nafar bola uçun yangi örinlar taşkil etiş zarur. Prognozlarga köra, 2035 yilga borib, 7-17 yoş oraliğidagi bolalar soni 9 mln 737,4 ming nafarni taşkil etadi. Bu esa maktablarda qöşimça 8,2 million öquvçi örnini yaratişni talab qiladi. 2035 yilga borib, ambulator-poliklinikalar sonini 8450 birlikka (2022 yil boşida 6676 ta) yetkaziş zarur.

Şuningdek, 2035 yilgaça bölgan davrda aholining elektr energiyasiga bölgan talabi har yili 5-5,3 foizga oşişi kutilmoqda. Aholi va umuman iqtisodiyotning ösib borayotgan talabini qondiriş uçun 2030 yilgaça energiya quvvatini mavjud darajaga nisbatan kamida 1,7 barobar oşiriş talab qilinadi.

Talabning taxminan 8-10 foizini taşkil etadigan mavjud taqçillik töldirilişi bilan ösib borayotgan aholining elektr energiyasiga bölgan talabi 2035 yilgaça bölgan davrda taxminan 6,2-6,5 foizga ösadi.

PMTI ekspertlari tadqiqot natijalaridan kelib çiqib, quyidagilarni taklif etmoqda:

  • davlat qarzi ortib borayotgan şaroitda fiskal yukni yengillaştiriş maqsadida ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarida xususiy iştirokçilar bilan tizimli iş olib boriş, ularga litsenziya va boşqa ruxsatnomalarni beriş tartibini soddalaştiriş;
  • xalq deputatlari viloyat Kengaşi a’zolari budjet mablağlarini taqsimlaş va hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini örta muddatli rejalaştirişda demografik rivojlaniş prognozlarini hisobga olişi zarur;