Qahramonimizning aytişiça, u yanvar boşida 30 tadan ortiq xalqaro universitetlarga hujjat topşirgan. Hozirça şulardan 4 tasidan öqişga qabul qilinganlik haqida javob xatlari kelgan. Bitiruvçi qiz AQŞda joylaşgan The university of Ozarks (jami grant: $80 000), Seton Hall University (jami grant: $104 500), Hofstra University (jami grant: $112 000) hamda University of Delaware kabi oliygohlarga talabalikka tavsiya etilgan.
Farangiz Xolmatovaning aytişiça, uning xalqaro universitetga kiriş uçun tayyorgarlik vaqti ayni karantinga töğri kelib qolgan.
“Telefon olib berişgaç, köp narsalarni internetdan örgana boşladim”
Oilada bir öğil, ikki qizmiz. Eng kattasi akam, undan keyin opam bor, u turmuşga çiqib ketgan, keyin men. Akam ham oilali bir nafar farzandi bor. Umumiy hisobda, uyda men, akam, kelinoyim, jiyanim va ota-onam – jami 6 kişi yaşaymiz. Eng kiçik farzandman, ota-onam nafaqaga çiqqan.

Aynan biz öqiydigan yilga fransuz tili töğri kelib qolgani uçun maktabimizda fransuz tili öqitiladi. 5-sinfdan beri fransuz tilini öqib kelamiz. Ingliz tilini 8-sinfda noldan boşlab örganişni boşlaganman, öquv markazida 6 oy öqidim. Undan keyin 9-sinfga ötganimda karantin boşlanib qoldi, şu sabab bu darslarim töxtab qoldi. 10-sinfga ötayotganimda Farğonada prezident maktabi oçilişi kerak edi, prezident maktablari – xorij universitetlariga kiriş uçun katta rağbat beradigan maskan bölgani uçun şu yerga kirişni istagandim. Özim “self study” qilib, tayyorlanib yurdim. Öşa vaqtda ham karantin davom etayotgandi. Ota-onam onlayn dars qilişim uçun telefon olib bergaç, köp narsalarni internetdan örgana boşladim. Prezident maktabi imtihonidan ötiş uçun matematikani You tube’dan örgandim (Sardorxon Urfonxonovning You tube’da oq töplamdan ötgan darslari bor). Keyin maktabga kiriş uçun testlarni topşirdim, birinçi bosqiçdan ötdim ham, lekin ikkinçi bosqiçda ozgina ball yetmay qoldi.
Prezident maktabiga kirolmagaç, hujjatlarimni Toşkentdagi 5 ta litseyga topşirib qöygandim, hammasiga kirdim, şundan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti qoşidagi akademik litseyni tanladim. Borib bir muddat öqidim ham, ammo moliyaviy sabablar tufayli Farğonaga qaytib ketişga majbur böldim, keyin 17-maktabimda öqişni davom ettirdim.
Farğonaga qaytib borganimdan keyin öqituvçilarim yaxşigina qöllab-quvvatlaşdi. Şaxsiy kompyuterim yöq paytlarda ustozlarimiz özining kompyuterini berib, vaqtlarini ajratişdi. Xorij universitetlariga hujjat topşiriş jarayonida öqituvçilarning ham örni juda katta. Ularning nomidan tavsiyanomalarni yuklaş kerak böladi. Şunda ham heç kim yöq demadi, meni yaxşi biladigan öqituvçilarim nomidan bemalol tavsiyanoma taşlaşga muvaffaq böldim. Mana şu tomondan ayniqsa katta yordam berişdi.



















