Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida sodir bölgan ötkir zaharlaniş holati yuzasidan xabarlar tarqaldi. Holat böyiça Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yil 25 yanvar kuni fuqaro B.B.ning oğzaki körsatmasiga köra tuşlikda ukasi M.A. bilan birga uyiga yaqin joydagi oziq-ovqat dökonidan tez tayyorlanadigan lağmon mahsulotini sotib olib, tayyorlab iste’mol qilgan. Lağmon mahsulotini tayyorlaş jarayonida mahsulotda ayniş belgilari, özga yot hid va ta’m sezilmagan. 

Öşa kuni soat 17:00-18:00 larda B.B. uyida 1-1,5 yildan buyon saqlanib turgan, nomi va işlab çiqaruvçisi hamda sotib olgan joyi noma’lum 500 grammga yaqin sellofan paketda bölgan, kukun körinişidagi kemiruvçilarga qarşi dori bilan uy atrofi, oşxona va bitta xonaga sepib çiqqan. Kemiruvçilarga qarşi dorini sepiş vaqti va sepganidan söng xonalarda ötkir hid sezilgan. 

2023 yil 26 yanvar kuni soat M.A. soat 7:00-8:00 larda, B.B soat 9:30-10:00 larda qayt qila boşlagan. Belgilar ötib ketmagandan söng tuşlik vaqtida tez yordam çaqirilgan. Lekin ota-onasi tomonidan uyda davolaniş ma’qul körilgan. 

M.A. va B.B. qayt qilişga qarşi dorilar qabul qilgan. Öşa kuni tungi soat 23:00-24:00 lar atrofida M.A. va B.B. takroriy qayt qila boşlagan. 27 yanvar kuni soat 6:00-7:00 larda “Tez yordam” çaqirib, Respublika bolalar yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yuborilgan. Lekin ularning kasallik belgilari yuqumli kasalliklardan bölmaganligi sababli Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoğiston filialiga yuboriladi. 

Şifokorlar tomonidan bemorlarga «Fosfororganik birikmalardan ötkir zaharlanişning oğir va örta oğir darajasi» birlamçi taşxisi qöyilgan.

M.A. kelgandagi ahvoli oğir holatda bölgan. Reanimatsion çora-tadbirlar olib borilişiga qaramasdan, 27 yanvar soat 09:24 da unda biologik ölim qayd etilgan. Fuqaro B.B.ning ahvoli qoniqarli bölib, soğligi şifokorlar nazoratiga olingan. 

Yuqoridagi holat böyiça takroriy murojaatlar bölmagan va profilaktik işlar davom ettirilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.