“Özgidromet” ma’lumotiga köra, şu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagaça va keçalari +3 darajagaça kötariladi. Toğoldi va toğli hududlarda 2-7 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Havo haroratining kötarilişi – qor va muzlar erişini tezlatib, sel, köçki va suv toşqinlari yuzaga kelişi ehtimolini yanada kuçaytiradi.
Yiğilişda mavjud holat hududlar kesimida çuqur tahlil qilinib, yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy hodisalarning oldini oliş va bartaraf etiş yuzasidan tegişli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topşiriqlar berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan sel oqimlari, toşqinlar va köçki hodisalari bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş böyiça doimiy ştab taşkil etildi.
Davlat rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi 426-son qaroriga asosan Toşqinga qarşi hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifalari belgilangan.
Vazirlar Mahkamasida ötgan yiğiliş bayoni bilan uşbu komissiya a’zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hududlariga biriktirildi.

















