Ukrainadan arzon don Yevropa Ittifoqining Şarqiy Yevropa mamlakatlari fermerlari uçun tobora köproq muammolarni keltirib çiqarmoqda. Bu Rossiyaning uşbu mamlakatga qarşi uruşi fonida Ukraina bilan savdo-sotiq osonlaştirilişi sababli, Ukrainadan eksport qilinadigan ozuqa va oziq-ovqatning muhim qismi Bolgariya, Çexiya, Vengriya, Polşa, Ruminiya va Slovakiyada qolib ketayotgani, bu esa mahalliy fermerlar uçun muammo tuğdirayotgani bilan boğliq. Bu haqda 30 yanvar, duşanba kuni e’lon qilingan uşbu oltita Yevropa Ittifoqi davlatining qöşma hisobotida aytilgan.

«Hozirda bu ösiş nazoratsiz qolsa, Yevropa Ittifoqi işlab çiqaruvçilari uçun qişloq xöjaligi sohasida jiddiy qiyinçiliklar tuğdirişi mumkinligi haqidagi prognozlar ortib bormoqda», deyiladi hujjatda. 30 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi qişloq xöjaligi vazirlari Bryusselda qişloq xöjaligi sohasidagi mavjud vaziyat va muammo yeçimlarini muhokama qiladi. 

Ayniqsa, Yevropa Ittifoqining oltita Şarqiy Yevropa davlatining ğallaçilik sohasida muammoli vaziyat yuzaga keldi. Misol uçun, bu mamlakatlarga Ukrainadan makkajöxori importi ötgan yilning yanvaridan noyabrigaça bir neça ming tonnadan bir neça million tonnagaça oşdi. 

Yevropa Ittifoqi Rossiya tajovuzkorligi fonida Ukrainadan eksport töxtatilişi sababli jahon bozorida ğalla taqçilligiga yöl qöymaslik uçun birdamlik yölaklarini yaratdi va şu bilan Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlarini taşiş va çegaradan ötiş nazoratini osonlaştirdi. Biroq, ma’lum bölişiça, Ukraina ğallasining muhim qismi jahon bozoriga çiqmayapti, balki Yevropa Ittifoqining Şarqiy Yevropa mamlakatlarida çorva uçun ozuqa sifatida qolib, u yerda arzonligi tufayli mahalliy fermerlarning mahsulotlarini bozorlardan çiqarib yuboryapti. 

Germaniya Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi vazirligi vakili dpa naşriga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqining birdamlik yölaklarini kuzatib boriş muhimligini ta’kidladi. Bu «Ukraina doni uşbu yölaklar tugaydigan joyga – YeI portlariga kelgusida belgilangan mamlakatlarga taşiş uçun yetib borişi jihatidan muhimdir». 

Yevropa Ittifoqining oltita Şarqiy Yevropa davlatlari özlarining qöşma hisobotida Ukrainadagi qişloq xöjaligi sektorini qöllab-quvvatlaşda davom etişga tayyor ekanini bildirdi, bunda holat mahalliy bozorlar uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi kerak emas. Ular, şuningdek, zarar körgan mahalliy fermerlarga tovon tölaş kerak, deb hisoblayapti. 

Rossiya harbiy harakatlaridan oldin Rossiya va Ukraina tomonidan jahon bozorlariga eksport qilinadigan donning uluşi Yevropa komissiyasi tomonidan taxminan 34 foizga baholangan.