2021-2022 öquv yilida Andijon şahridagi 2-umumta’lim maktabiga 2015 yilda tuğilgan, ya’ni 2021 yil 31 dekabrga qadar 7 yoşga tölmaydigan bolalar öqişga qabul qilingan. Ular 1-sinfni töliq öqişgan. Joriy öquv yilining uçinçi çoragi boşlangan bir paytda 2-sinfda tahsil olayotgan bu öquvçilar 1-sinfga tuşirib yuborilmoqda. Ayrim ota-onalar bu holatdan norozi bölişyapti.

Kun.uz farzandi sinfidan qoldirilgan ba’zi ota-onalar bilan suhbatlaşdi. Ularning aytişiça, muammo bolalarning ma’lumotlari ERP bazasiga kiritilmagani tufayli kelib çiqqan.

“Qizim 2021 yilda maktabga qabul qilingandi. 1-sinfni tugatib, hozirda 2-sinfda öqiyapti. Ammo uni qayta 1-sinfga tuşirib yuborişdi. Bunday holatga tuşayotgan faqat mening farzandim emas. Tuşunarsiz holat, nega 1-sinfni tamomlagan bola yana 1-sinfda öqişi kerak? Buning sababini örganib körsak, bolalar haqidagi ma’lumotlar bugungi kungaça ERP bazasiga kiritilmagan ekan. Maktab ma’muriyati farzandingizni 6 yoşda maktabga bergansiz, deya ota-onalarni aybdor qilyapti.

Bolalarning barçasiga ötgan öquv yilida prezident sovğasi sifatida öquv qurollari berilgan, ular 1-sinfni töliq öqib tugatişdi. 2-sinfda öqiyotgan bir paytda sinfdoşlaridan ayrilib, qayta 1-sinfga tuşirib yuborilişi qizimning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilmoqda”, — deydi Muhammadxon Ahmedxöjayev.

ERP bazasi özi nima? Bu har bir maktab ma’lumotlarini bitta tizimda saqlaş va boşqarişni avtomatlaştirişga yordam beradigan tizim. Ya’ni ERP yordamida barça muhim ma’lumotlar yagona xavfsiz ma’lumotlar omborida birlaştiriladi. Mazkur bazaga öquvçining ma’lumotlari kiritilayotganda uning yoşi söraladi. Masalan, 1-sinf öquvçisi 7 yoş, 2-sinf öquvçisi 8 yoş sifatida kiritilmasa, baza ma’lumotni qabul qilmaydi.

Yuqoridagi muammo şu tufayli yuzaga kelgan: maktab rahbariyatining qonunga zid harakati tufayli bolalar 2021 yilda, 6 yoşligida maktabga qabul qilingan. Hozirda ular 2-sinfda öqiyapti. ERP bazasi esa 7 yoşli bolani 1-sinf deb “tuşunadi”. Ya’ni ularni 2-sinf öquvçilari sifatida ERP bazasiga kiritib bölmaydi.

“Farzandimizni 1-sinfga ötkazib qöyişdi, özimizni esa sinfning Telegram tarmoğidagi ota-onalar guruhlaridan çiqarib yuborişdi: göyoki heç narsa bölmagandek. Axir bolamiz 1-sinfni töliq öqib böldi. Ularning kundalik.com tizimidagi baholari ham öçirilib taşlandi”, — deydi yana bir ota Behzodbek Murodov.

Kun.uz muxbiri maktab direktori Natalya Rudova bilan boğlandi.