Prezident qarori bilan A’zam Ikromov va Zohid Ziyoyev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktorining örinbosarlari etib tayinlandi.
A’zam Ikromov 1981 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Oliy ma’lumotli, Toşkent davlat pedagogika universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U 2017 yildan buyon Davlat statistika qömitasi raisining iqtisodiy statistika böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Zohid Ziyoyev 1985 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi, iqtisodçi. 2007 yilda Toşkent axborot texnologiyalari universitetini, 2010 yil Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini, 2018 yil Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. U 2019 yil may oyidan beri Davlat statistika qömitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlayotgan edi.
Avvalroq Davlat statistika qömitasi Statistika agentligi sifatida qayta taşkil etilib, hukumat tarkibidan çiqarildi va prezident huzuriga ötkazilgandi.

















