Ta’lim juda sekin özgarayotgan soha bölişiga qaramay, oxirgi yillarda bu sohada ayrim özgarişlarni köriş mumkin. Bu haqda bir neça yillardan beri Özbekistonning turli hududlarida işlab kelayotgan öqituvçilar fikri bilan qiziqdik.

Biz suhbatlaşgan ustozlarning köpi maktab ta’limida oxirgi yillarda bölgan eng katta özgariş sifatida kundalik.com platformasi işga tuşgani va şu sabab qoğoz jurnal, kundaliklardan voz keçilgani bölganini aytmoqda. Qolaversa, öqituvçilar maktablarda majburiy mehnat bekor qilingani öqituvçilarning öz ustida işlaşiga köproq vaqt qoldiryapti degan fikrda.

Toşkent şahri, Çilonzor tumanidagi 178-maktab öqituvçisi Ra’no Tojiboyeva:

– Maktab ta’limi raqamlaştirişga ötilgani öqituvçilar uçun juda katta yengillik böldi. Töğri bu sohada işlamagan odam buning qançalik muhimligini bilmasligi mumkin. Lekin şu özgariş bizdagi qoğozbozlikni 70 foizgaça qisqartirib yubordi. erp.maktab.uz degan platforma işlab çiqilgani raqamlaştirişdagi eng asosiy voqea böldi. Bunda viloyatga ketadigan yoki viloyatdan Toşkentga keladigan öquvçilarning keliş-ketiş talonlari onlayn joylaştirilgan böladi. Oldin şu talonlarning qoğoz variantini olib kelib yuriş kerak edi. Va buni 3-4 kun kutiş kerak bölar edi. Hozir bu bir neça soniya içida hal böladi. Yoki oldinlari attestatingiz yöqolib qolsa, maktabga kelib, arxivdan topib qayta tiklaşingiz kerak edi. Hozir şuni ham onlayn oliş imkoni bor. Bundan taşqari, toifa oliş tizimi ham qulay va tezlaşdi. Oldinlari oliy toifa uçun 15 yil harakat qiliş kerak edi, har 5 yilda navbatga qöyilardi. Hozir navbatdan taşqari pulni tölab turib, toifa oliş yölga qöyildi. 1,5 yilda öqituvçi oliy toifaga ega böla olyapti. Pedagog xodimlar toifasini 1 yilda 2 marta oşiriş imkoniga ega böldi.

Bekzod Yaxşiboyev, Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani 13-maktabning tarix öqituvçisi:

– Men işlaydigan maktab Dehqonobod tumanidagi Boyqörğon qişloğida joylaşgan. Maktabimiz markazdan ança uzoq, jami 500ga yaqin öquvçi bor. Ilgari özimiz boş bölib maktab öquvçilarini paxta dalalariga olib çiqardik. Ertalab 8da uydan çiqib ketib, keç 6-7da qaytardik. Juda çarçaganimizdan dars haqida öylolmasdik ham.

2 oylab tinimsiz paxtaga çiqib ketardik. Hatto bolalarga kunlik norma ham qöyilardi. Uylaridan 10 kilometr masofagaça olib ketgan vaqtlarimiz ham bölgan. Ovqat, suv tanqis. Paxta tergan qöllarimizni yuvişga suv ham topolmagan vaqtlarimiz bölgan. Öquvçilar kiçkina jussasida 30-40-50 kiloli qoplarni kötarib çiqardi daladan. Bunday holatda öqiş haqida qanday öylaş mumkin? Xullas, 9 oylik ta’limning 2 oyini dalalarda yaşardik.  Mana öqituvçi va öquvçilarsiz ham paxta tersa paxta bölar ekan-ku. Hozir bu haqda gapirişni ham istamayman.