Fransiyada pensiya islohotiga qarşi keng kölamli norozilik namoyişlari susaymayapti. Namoyişlarning yangi tölqini 31 yanvar, seşanba kuni ham davom etdi. Rasmiylar namoyişçilar sonini 1,27 million deb hisoblamoqda, Fransiyadagi eng yirik kasaba uyuşmalari uyuşmalaridan biri CGT bu raqamni 2,8 million deb atamoqda. Birgina Parijning özida, politsiya ma’lumotlariga köra, 87 mingga yaqin odam köçaga çiqqan.
Şu tariqa, norozilikning yangi tölqini iştirokçilar soni böyiça ikki hafta oldin kötarilgan avvalgisidan allaqaçon oşib ketdi. Öşanda, rasmiy ma’lumotlarga köra, jami 1,2 million kişi Fransiya şaharlari köçalariga çiqdi. Fransiyada rejalaştirilgan islohotga qarşi ilk norozilik namoyişlari 2022 yil sentabrida bölib ötgan.
Kasaba uyuşmalari rahbarlari bu bilan töxtamaslikka va’da berdi. Ular 7 va 11 fevral kunlari yangi norozilik namoyişlari uyuştiriş niyatida.
Pensiya tizimini isloh qiliş prezident Emmanuel Makronning saylovdagi asosiy va’dalaridan biridir. Islohotning asosiy qoidalari Fransiya boş vaziri Elizabet Born tomonidan sanab ötilgan. Pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşga, xodimlarning pensiya jamğarmasiga tölov tölaşining eng kam muddatini 43 yoşga oşiriş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, eng kam pensiya oyiga 1200 yevrogaça kötariladi.
Bornning sözlariga köra, islohotdan maqsad Fransiya pensiya jamğarmasida 2030 yilga borib, prognozlarga köra, 20 milliard yevroga yetişi mumkin bölgan mablağ taqçilligini oldini olişdir. Biroq kasaba uyuşmalari, öng qanot populistik "Milliy birlaşuv" partiyasi va söl siyosatçilar hukumatning rejalarini asossiz darajada qattiqqöl deb hisoblaydi. Kasaba uyuşmasi yetakçilarining aytişiça, islohot barça fransuz işçilariga, ayniqsa erta iş boşlagan va umr köriş davomiyligi mamlakatdagi örtaçadan past bölgan işçilarga ta’sir qiladi.
Agar pensiya islohoti parlamentda köpçilik ovozga ega bölmasa, boş vazir konstitutsiyaning 49.3-bandidan foydalanib, qonunni ovoz berişsiz qabul qilişi mumkin - bunda, keyin hukumatga işonçsizlik votumi çiqarilmasligi kerak böladi.

















