Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori kamaytirildi.
Konsert, ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etuvchi yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalarga:
- I reyting guruhi ijrochilari uchun — BHMning 20 baravari (ilgari 50 baravari bo‘lgan);
- II reyting guruhi ijrochilari uchun — BHMning 10 baravari (ilgari 25 baravari bo‘lgan);
- restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatadigan yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, dijyey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalarga – BHMning 3 baravari (ilgari BHMning 4 baravaridan 7 baravarigacha).














