Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston O‘zbekistondan kimyo mahsulotlarini import qilish shartini o‘rganyapti
«O‘zkimyosanoat» va Pokistonning Wah Nobel kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv chog‘ida 2022 yil mart oyida «O‘zimyosanoat» va Wah Nobel kompaniyasi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumining amaliy ijrosi ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Pokiston tomoni «O‘zkimyosanoat»dan metanol, nitrat ammoniy (selitra), nitrat natriy va boshqa kimyo mahsulotlarini import qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Tomonlar O‘zbekistondan import qilinadigan mahsulotlarning to‘lov shartlarini alohida ko‘rib chiqdi. «O‘zkimyosanoat» pokistonlik hamkorlarga shartnoma va akkreditiv namunasi loyihasini taqdim etdi.
Muzokaralar yakunida eksport shartnomasi loyihasini yakuniga yetkazish maqsadida Ishchi guruh tuzish va muntazam ravishda muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
20:53 / 15.05.2026