Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, bu yerda yaqinda “Sayyora favvorasi” mas’uliyati çeklangan jamiyati tomonidan töqimaçilik korxonasi işga tuşirilgan. Umumiy qiymati 113 milliard sömlik uşbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib örnatildi. Erkaklar, ayollar va bolalar uçun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyildi. Mingga yaqin mahalliy aholi iş bilan ta’minlandi.


Korxonaning “Elegance SM” brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarining asosiy qismi eksportga yönaltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar bölişi möljallangan.
— Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday bölib ketişiga köpçilik işonmagandi. Böston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana şunday korxonalar oçilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, iş örinlarini köpaytirişimiz kerak, - dedi davlat rahbari.

Şu yerning özida kasb-hunarga qayta tayyorlaş öquv markazi taşkil etilgan. Unda hududdagi işsiz fuqarolar hunar örganib, öz yölini topmoqda. Jumladan, yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga öqitilib, işga olindi.
Prezident ular bilan suhbatda ayolning bilimli, hunarli bölişi oilaning katta yutuği ekanini ta’kidladi. Korxonaga muvaffaqiyat, ayollarga oilaviy farovonlik tiladi.

















