Germaniya hukumati kansler Olaf Şolsning taşrifi çoğida Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva tomonidan bildirilgan Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş böyiça xalqaro vositaçilik taklifini salbiy qabul qildi. Şols bilan muzokaralar yakunlari böyiça ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida da Silva tinç yöl bilan kelişuv böyiça «juda kam» mulohazalarni eşitganini ta’kidladi hamda Moskva va Kiyev örtasidagi muzokaralarda vositaçilik qilişni taklif qildi.
«Menda hozir ehtimoliy vositaçilar yetişmovçiligi yöqligi, biroq, birinçi navbatda, Rossiya tomonining Ukrainaga qarşi agressiv uruşni töxtatiş, qöşinlarni olib çiqiş hamda halol va oşkora tinçlik muzokaralariga kirişişga tayyorligidan darak yöq, degan taassurot bor».
1 fevral, çorşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Germaniya hukumati rasmiy vakili Şteffen Xebeştrayt Braziliya prezidenti taklifiga şunday izoh berdi. Buning örniga, Rossiya Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga qarşi havo hujumlarini davom ettirmoqda hamda Ukraina çegarasiga qöşimça askar va qurol-yaroğ töplamoqda.
Xebeştrayt bunday ğoyalarga «kör-körona işonib qöymaslik»ni maslahat berdi va boşqa xorijiy siyosatçilar, xususan, Turkiya prezidenti va yaqinda Isroilning yangi boş vaziri Rossiya-Ukraina qurolli mojarosini hal qiliş uçun özlarini vositaçi sifatida taklif qilganini eslatdi. Biroq, Berlinga köra, Rossiya vositaçilik sa’y-harakatlariga javob berişga tayyor emas.
Şteffen Xebeştraytning aytişiça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi Şolsning nafaqat Braziliya prezidenti, balki Argentina va Çili rahbarlari bilan ham yuzma-yuz muzokaralari mavzusi böldi. Uning eslatişiça, Germaniya kansleri, şuningdek, Germaniya taşqi işlar vaziri doimiy ravişda Ukraina tomonida turgan va Rossiya agressiyasini qaytariş uçun unga harbiy yordam körsatişga tayyor bölgan davlatlar doirasini kengaytirişga harakat qilmoqda.
Şu nuqtayi nazardan, Berlin Braziliyaning Ukrainaga topşirilgan Gepard öziyurar zenit qurilmalari (ÖZQ) uçun arsenallarida mavjud bölgan öq-dorilarni yetkazib berişdan boş tortganidan hafsalasi pir böldi. Germaniyaning özida bu ÖZQ uçun snaryadlar işlab çiqariş töxtatildi. «Braziliya prezidenti Braziliya yuz yildan ortiq uruş olib bormaganini va bunday mojarolarda betaraf ekanini eslatdi», — dedi Lotin Amerikasiga safarida kanslerga hamrohlik qilgan Xebeştrayt.
Argentina va Çili ham Kiyevga harbiy yordam berişni istamaydi, vaholanki, uçala davlat ham, Germaniya hukumati vakiliga köra, Ukrainaga hujum qilib, Rossiya xalqaro huquq va BMT Nizomini buzganligini, çegaralarni kuç bilan özgartiriş hamda boşqa davlat hududini egallab olişga urinayotganini tuşunadi.














