Yevropa Ittifoqi parlamenti a’zolari tomonidan qabul qilingan hisobotda Şengen vizasiga murojaat qiliş tartibini modernizatsiya qiliş loyihasi – «qoğoz arizalar va viza stikerlaridan raqamli tizimga ötiş» haqida söz boradi. Ya’ni, kelajakda viza stikeri pasportga yopiştirilmaydi.
«Raqamli viza jarayonni tezlaştiradi, ariza topşiriş uçun zarur bölgan kuç va xarajatlarni kamaytiradi hamda xavfsizlikni oşiradi», deyiladi Yevroparlament bayonotida.
«Yangi tizim çegaralarni boşqariş hamda Yevropa Ittifoqining ma’lumotlar bazasi bilan uyğun işlaşga möljallangan, bu esa xavfsizlik xatarlarini kamaytiradi. Şengen vizasi uçun arizani raqamlaştiriş orqali viza sörovlari yagona onlayn platformada körib çiqiladi, bu esa murojaat etuvçilarga öz arizasini qaysi davlatdan olişini biliş imkonini beradi».
Biroq, yangi tizim qandaydir tarzda «raqamli savodxonlikka ega bölmagan şaxslarga kafolatlar» ham berişi kerak, şuning uçun ba’zi qoğoz stikerlar saqlanib qolişi mumkin.
Umuman olganda, bu taşabbus Yevroparlamentda köpçilik ovoz bilan qabul qilingan. Endi Yevropa Ittifoqi parlamenti uşbu iş böyiça vazirliklararo muzokaralarni boşlaydi.

















