31 yanvar kuni Toşkentning Yangihayot tumanida 12 yoşli qizning murdasi zörlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Ötgan yozda marhuma qizaloqning uyida yollanma işçi bölib işlagan 29 yoşli erkak gumonlanuvçi sifatida qölga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qotil-pedofilga qat’iy jazo berilişini talab qilişmoqda. Jamoatçilik bunday şaxslarga nisbatan jazo çoralari kuçaytirilişi lozimligini ta’kidlab bong uryapti. Özbekiston qonunçiligida bunday şaxslarga nisbatan qanday jazo çoralari bor?

Quyida Özbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasidan iqtibos:

16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş:

Şaxsning 16 yoşga tölmagani aybdorga ayon bölgan holda, unga nisbatan zörlik işlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş – 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 2 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yildan 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar zörlik işlatib yoki qörqitib sodir etilgan bölsa, 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 2 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Kodeksning 118-moddasi:

Nomusga tegiş:

Şaxsning 18 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda / yaqin qarindoşga nisbatan / öta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bölsa / oğir oqibatlarga olib kelgan bölsa, 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

14 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan şaxsning nomusiga tegiş 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.