Prezident "Özbekiston Qurolli kuçlarini qurollantiriş va mudofaa sanoati sohasida davlat boşqaruvini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmonni imzoladi.

Özbekiston Qurolli kuçlarini qurollantiriş böyiça davlat komissiyasi taşkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • maxsus organlarni qurol-yaroğ, harbiy va maxsus texnika hamda boşqa harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar bilan ta’minlaş böyiça yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilaş;
  • Özbekiston Qurolli kuçlarini harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar bilan ta’minlaş böyiça kompleks dasturlarni körib çiqiş va tasdiqlaş; 
  • maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar bilan ta’minlaşni moliyalaştiriş masalalarini körib çiqiş va uning manbalarini belgilaş;
  • davlat mudofaa buyurtmasini körib çiqiş va tasdiqlaş;
  • yangi harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkil etiş yoki mavjudlarini modernizatsiya qiliş, investitsiyalarni jalb qiliş va uşbu sohada davlat-xususiy şeriklikni yölga qöyiş, sohani rivojlantiriş uçun imtiyozlar va preferensiyalar beriş böyiça takliflarni körib çiqiş;
  • harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar, butlovçi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-keçak anjomlari, dori vositalari, yonilği-moylaş materiallari va boşqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratiş çoralarini belgilaş;
  • mudofaa sanoatini rivojlantiriş, harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar böyiça yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil qiliş masalalarini körib çiqiş;
  • uruş davri uçun mahalliy işlab çiqariş korxonalariga safarbarlik topşiriğini biriktiriş böyiça takliflarni körib çiqiş;
  • maxsus organlarni qurollantiriş va mudofaa sanoatini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarning bajarilişini körib çiqiş.
  • Mudofaa sanoati davlat qömitasi negizida:
  • Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi;
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida Öztextreyd davlat unitar korxonasi tuzildi.

Öztextreyd xorijda işlab çiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qiliş, eksport qiliş bilan şuğullanadi.