Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan sönggi yillarda Özbekistonda sanoat sohasida amalga oşirilgan islohotlar va ularning eng muhim natijalari örganildi.
Qayd etilişiça, 2017-2022 yillarda sanoatning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 21,1 foizdan 26,7 foizga oşgan. Bu davrda sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişdagi ösiş 41,3 foizni taşkil qilgan. Öz navbatida, bunday barqaror ösiş YaIMda sanoatning uluşi ortişiga olib kelgan.

Işlab çiqaradigan sanoat tarmoği jadal sur’atlar bilan rivojlanib, ösiş sur’ati ötgan davr mobaynida 47,4 foizni taşkil etdi. Bundan taşqari, elektr, issiqlik va gaz ta’minoti tarmoği (39,2 foiz), şuningdek, toğ-kon sanoatida (30,4 foiz) sezilarli ösiş sur’atlari kuzatilgan.
“Özbekiston sanoatining 83,2 foizini işlab çiqaradigan sanoat tarmoği taşkil etadi. Bu yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş, xomaşyoni qayta işlaş darajasini oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan tarmoqlarni rivojlantiriş kompleks dasturlari hayotga tatbiq etilayotgani natijasidir.
Örta va yuqori texnologiyali tarmoqlar uluşining 52,7 foizdan 61,7 foizga oşgani ham sanoat tarkibidagi sifat özgarişlaridan dalolat beradi. Bu içki bozorda ham, taşqi bozorda ham xaridorgir bölgan yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş kölami oşgani dalilidir.
Masalan, portlandsement işlab çiqariş şu davrda 1,3 barobar, qörğoşinli akkumulyatorlar –1,4 barobar, avtomobil dvigatellari – 2,5 barobar, yengil avtomobillar – 2,3 barobar, sovitkiç va muzlatkiçlar – 3,7 barobar oşdi”, deyiladi PMTI tahlilida.
















