Amerikaning iqtisodiy qudrati ösişda davom etyapti. Ammo siyosat borasida bunday deyiş qiyin. Saylovga bir neça kun qolganida respublikaçilar va demokratlar örtasidagi özaro işonçsizlik va kelişmovçilik nihoyatda kuçaydi. Siyosiy beqarorlik şaroitida AQŞning hayratlanarli iqtisodiy qudrati saqlanib qolişi mumkinmi? 

The Economistʼning qayd etişiça, sönggi öttiz yil içida AQŞ iqtisodiy jihatdan boşqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan katta yutuqlarga erişdi. 1990 yilda Amerika iqtisodiyoti G7 davlatlari yalpi içki mahsulotining qariyb 40 foizini taşkil etgan bölsa, bugungi kunda kelib bu körsatkiç 50 foizga yetdi. Hozirda Qöşma Ştatlarda aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulot Ğarbiy Yevropa va Kanadaga nisbatan 30 foiz, Yaponiyaga nisbatan esa 60 foiz yuqoriroq. 1990 yildan keyingi davrda bu tengsizlik qariyb ikki barobarga kengaygan. Xususan, Missisipi Amerikaning eng qaşşoq ştati bölişi mumkin, ammo bu yerdagi aholining örtaça daromadi inglizlar, kanadaliklar yoki nemislarnikidan köproq. Sönggi paytlarda Xitoy iqtisodiyoti ham sekinlaşdi. Pandemiyadan oldingi yillarda Xitoyning nominal yalpi içki mahsuloti AQŞ nominal YaIMning törtdan uç qismini taşkil etgan bölsa, bugungi kunga kelib uçdan ikki qismigaça pasayib ketdi.

Uşbu muvaffaqiyatga bir qator omillar ta’sir körsatgan. Amerika ulkan energiya manbalariga ega bölgan katta davlat. Birgina neft qazib olişdagi innovatsion inqilob 2000 yillarning boşidan keyin iqtisodiy ösişning öndan bir qismini ta’minlagan. Öz navbatida, siyosiy qarorlar ham bunda muhim rol öynagan. Pandemiya davridagi katta rağbatlantiriş çoralari inflatsiyani kuçaytirgan bölsa-da, Amerikaning 2020 yildan beri 10 foizga ösişiga hissa qöşdi. Germaniyada esa aksinça, çeklovlar ortidan ikki yildan beri iqtisodiy turğunlik holati saqlanib qolyapti. 

Amerikaning dinamik xususiy sektori immigrantlar, yangi ğoyalar va sarmoyalarni öziga jalb etişda ham katta muvaffaqiyatlarga erişdi. Bu yerda nafaqat dunyodagi eng yirik raketa uçiriş sanoati, balki internet gigantlari va sun’iy intellekt böyiça eng yaxşi startaplar ham joylaşgan. AQŞdagi yettita yirik texnologik firmaning bahosi Britaniya, Kanada, Germaniya va Yaponiyaning birja bozorlaridan qimmatroq. Birgina Amazon tadqiqot va işlanmalarga butun Britaniya biznesiga qaraganda köproq mablağ sarflaydi. Dollar dunyoning asosiy zaxira valutasi bölgani uçun investorlarning Amerikaga pul kiritiş xohişlari ham kuçli. Ular inqiroz davrida ğaznaçilikka oqib keladi, bu esa hukumatga katta rağbatlantiriş paketlarini taqdim etadi. 

Ayni holatda Amerikaning gullab-yaşnayotgan iqtisodiyoti xavf ostida qolişi mumkin. Mamlakat prezidentligiga ikki nomzod Kamala Harris ham, Donald Tramp ham umumiy iqtisodiyotni kengaytiriş örniga, öz tarafdorlarini himoya qiladigan jihatlarga köproq e’tibor qaratyapti. Amerika özining iqtisodiy gegemonligini yöqotişni istamaydi, ammo ertami-keçmi, siyosiy muammolar iqtisodga ham katta zarba berişi mumkin.