Joriy yilning 1 oktabr holatiga Özbekiston davlat qarzi 26,2 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Dastlabki III çorak davomida global inflatsiya sabab jahonda foiz stavkalari oşib ketgani Özbekiston hukumatining avvalgi yillardagi kabi faol qarz olişini çeklab qöydi. Şunday bölsa-da, oxirgi çorakda budjet taqçilligini qoplaş uçun katta miqdorda qarz mablağlari jalb qilinib, yil yakuniga köra, Özbekistonning umumiy davlat qarzi 29,2 mlrd dollargaça oşgan bölişi mumkin.

Moliya vazirligi 2022 yilning III çorak yakunlari böyiça taşqi qarz holati va dinamikasi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, davlat qarzi 2022 yilning 1 oktabr holatiga 26,2 mlrd dollarni (şundan davlat taşqi qarzi – 23,16 mlrd dollar, davlat içki qarzi – 3,07 mlrd dollar) taşkil etgan.

Xususan, davlat qarzining YaIMga nisbati 2021 yil boşida 39 foizni (2021 yil yakunida – 38 foiz) taşkil etgan bölsa, 2022 yilning 1 oktabr holatiga 34,1 foizgaça pasaygan.

Ma’lumot uçun, Xalqaro valuta jamğarmasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bağişlangan hisobotiga köra, Özbekistonning davlat qarzi bugungi kunda «mö’tadil» darajada hisoblanadi.

«2022 yilning boşidan buyon davlat taşqi qarzi qoldiği (AQŞ dollari ekv.) 1,7 foizga kamaydi. Bunda, davlat budjeti taqçilligining moliyalaştirilişi va investitsion loyihalarning amalga oşirilişi natijasida qarz mablağlarining özlaştirilişi bilan birga 823 mln AQŞ dollari miqdoridagi davlat taşqi qarzi söndirildi», - deyiladi hisobotda.

Joriy yil uçun davlat nomidan va davlat kafolati ostida taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan hajmi 4,5 mlrd dollar miqdorida belgilangan.

Şu bilan birga, Özbekiston nomidan çiqariladigan davlat qimmatli qoğozlarining sof hajmiga ham çeklov örnatilgan. Xususan, ötgan 9 oy davomida yangi imzolangan davlat taşqi qarz bitimlarining hajmi 2,1 mlrd dollarni hamda davlat budjetini moliyalaştiriş uçun çiqarilgan davlat qimmatli qoğozlarining sof hajmi 6,7 trln sömni taşkil etgan.

2022 yil III çoragi yakuni böyiça jami davlat taşqi qarzining 28,4 foizi yoki 6,6 mlrd dollari davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 12,6 foizi yoki 2,9 mlrd dollari energetika sanoatiga, 11,5 foizi yoki 2,7 mlrd dollari elektroenergetika sanoatiga, 10,4 foizi yoki 2,4 mlrd dollari transport va transport infratuzilmasiga, 10,6 foizi yoki 2,5 mlrd dollari qişloq va suv xöjaligiga, 9,5 foizi yoki 2,2 mlrd dollari uy-joy kommunal xöjaligi sohalariga yönaltirilgan mablağlar hissasiga töğri kelgan.