«Bu yil qiş nihoyatda sovuq keldi. Köplab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.
Respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band). Hisob-kitobga köra, zarur çoralar körilmasa, birinçi çorakda yalpi mahsulot ösişi 1,5 foizgaça pasayişi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgaça).
«Oldimizda dolzarb vazifa — «qattiq sovuq» oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tuşiriş», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu bois, iqtisodiyotda yöqotişlar örnini qoplaş va biznesni qöllab-quvvatlaş uçun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
Jumladan:
- 2 ming nafar kiçik va örta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion söm kredit tölovlari 1 iyunga qadar uzaytiriladi;
- 29 mingta tadbirkorning 2 trillion söm soliqdan qarzini 1 iyulga qadar foizsiz, qöşimça garovsiz va “penya”siz bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratiladi;
- quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga işlab çiqarişni tiklaş va aylanma mablağ uçun 8 trillion söm kredit ajratiladi;
- nosoz uskunalarni ta’mirlaşga kreditlar ajratiladi, ular böyiça 2,5 milliard sömgaça kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;
- 27 mingta tadbirkor uçun davlat mulki ijara tölovi 1 aprelga qadar özgarmaydi va uni bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard söm qoladi);
- davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uçun tölovlar, foiz va “penya” 1 aprelga qadar töxtatib turiladi;
- işlab çiqariş binolarining har bir yuqori qavati uçun tadbirkorlarga mol-mulk soliğidan 10 foizdan çegirma beriladi.

















