Bu haqda 3 fevral kuni Özbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Yevrosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişida ma’lum qildi.
«Biz asosiy savdo hamkorlarimiz qatoriga kiruvçi assotsiatsiyaning barça mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va kengaytiriş tarafdorimiz. E’tiborlisi, global inqirozga qaramay, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan murakkab şaroitlarga moslaşa oldik va iqtisodiy ösişning yangi nuqtalarini topdik. Özaro aloqalar tufayli ötgan yili Özbekistonning YeOII mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 33 foizga ösib, 17 milliard dollarni taşkil etdi», — dedi u.
Unga köra, 2022 yilda Özbekistonda ittifoq mamlakatlari bilan 1000 dan ortiq yangi qöşma korxona taşkil etilgan bölib, ularning soni 5 mingdan oşdi.

















