6 fevral kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Davlat rahbari bugun Turkiyaning janubi-şarqiy viloyatlarida röy bergan kuçli zilzila oqibatida köplab insonlar qurbon bölgani va katta talafotlar körilgani munosabati bilan çuqur hamdardlik izhor etdi. Birodar Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga dalda sözlari bildirildi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 7 fevral kuni Özbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvçilar guruhi jönatilişi rejalaştirilgan.

Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşildi.

  • 6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqida 7,8 balli kuçli zilzila röy berdi va mamlakat janubi hamda Suriya şimolida minglab binolar qulab, minglab kişilar halok böldi.