Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston zilzilalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
So‘nggi 1 yilda O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq zilzila qayd etilgan.
So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq zilzila sodir bo‘lgan va ulardan 6 tasi 5+ magnitudali edi. Buni Volcanodiscovery saytida keltirilgan ma’lumotlar tasdiqlaydi.
Jumladan, 2022 yil 8 fevraldan 2023 yil 8 fevralga qadar O‘zbekistonda 2320 ta zilzila sodir bo‘lgan va ulardan 6 tasi 5+ magnitudali.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston zilzilalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda: bu davrda u yerda 5134 ta zilzila (shundan 3 tasi 5+ ball) sodir bo‘lgan.
Tojikistonda 2165 ta zilzila sodir bo‘lgan va ulardan 9 tasi 5+ magnitudali. Qirg‘izistonda 1881 ta (shundan 3 tasi 5+ ball) va Turkmanistonda 368 ta (shundan 1 tasi 5+ ball) zilzila qayd etilgan.
So‘nggi bir yilda butun dunyoda 64 ming 63 ta zilzila qayd etilgan (shundan 1839 tasi M5+).
6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, bu 1939 yildan beri eng kuchli yer silkinishi edi. Mamlakatda halok bo‘lganlar soni 8 fevral holatiga 8 mingdan oshdi, 50 mingga yaqin odam jarohatlandi.
Mavzuga oid
14:02
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
12:12
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
00:26 / 08.06.2026