Ğarb hamkorlari Leopard 2 jangovar tanklarining birinçi batalonini yil boşidan uç-tört oy içida Ukrainaga yetkazib berişi mumkin. Bu haqda 8 fevral, çorşanba kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Varşavaga taşrifi çoğida ma’lum qildi.

«Biz kamida bitta batalonni joriy yilning dastlabki tört, balki uç oyida yetkazib berimiz mumkin, keyin esa iloji boriça tezroq harakat qilişimiz tabiiydir», dedi Pistorius va batalon taxminan 31 tankdan iborat bölişini qöşimça qildi.

Vazirlik rahbari, şuningdek, Germaniya va Polşa Ukrainaga Leopard 2 yetkazib berişni rejalaştirayotgan davlatlar yiğilişini çaqirmoqçi ekanini aytdi. Bunday format uşbu davlatlar manfaati uçun xizmat qiladi, deb qöşimça qildi Pistorius Varşavada Polşa milliy mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak bilan uçraşuvdan keyin.

Bundan oldin, 7 fevral kuni Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Kiyevda mer Vitaliy Kliçko bilan uçraşgan edi. Tomonlar Kiyevga harbiy va iqtisodiy yordam körsatişni muhokama qilgan. «Germaniya Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etadi – qurol ham, iqtisodiy yordam ham, siyosiy kömak ham böladi», — deb yozdi Kliçko Facebook'da. Yevropalik hamkorlar Ukrainani zarur qurol-yaroğ bilan tezroq ta’minlaş böyiça qaror qabul qilişga bel boğlagan, deya qöşimça qildi siyosatçi. Kiyevda Pistorius Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan ham uçraşdi.

7 fevral kuni Germaniyaga Leopard tanklarini işlatiş böyiça tayyorgarlikka yuborilgan ukrainalik harbiylar bilan bölib ötgan uçraşuvni şarhlar ekan, Pistorius bu unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi: «Bu odamlarning yuzlari içlarida nimalar bölayotganini, qanday yuklamaga duç kelayotganini, frontdan yaqinda qaytganlar u yerda boşidan ötkazganlari qanday bosim qilayotganini körsatib turibdi».

«Köryapsizmi, ular hozir Germaniyaga boradi, Leopard tanklari bilan tanişadi, maşğulotlardan ötadi, keyin qaytib kelib, yana frontga ketadi. Bu aql bovar qilmaydigan yuk. Bu mening ukrainaliklar körsatayotgan narsaga hayratimni va hurmatimni oşiradi», - deya qöşimça qildi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.