Turkiya va Suriya hududlarida sodir bölgan öta vayronkor zilzila qurbonlari soni betöxtov oşib bormoqda. Dunyoning aksariyat davlatlari fuqarolari va hukumatlari jabrlanganlarga kömak bermoqdalar. Qardoşlarga avval ham hamdardlik bildirgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 9 fevral kuni Turkiya elçixonasiga taşrif buyurib, yana bir bor tasalli berdi va Özbekiston har qanday kömakka tayyorligini ma’lum qildi.

Özbekiston zilzilaning birinçi kunidayoq FVV vakillaridan iborat 100 kişilik tezkor otryadni ofat öçoğiga jönatgan edi. Keyinçalik talafot kölami tahlil qilinib, umumiy soni 71 kişidan iborat qöşimça qidiruv-qutqaruv, tibbiyot xodimlari guruhi va gumanitar yordam partiyasi yuborildi.

Umuman, hozirgi qadar dunyoning 65 davlati Turkiya va Suriyaga yordam qölini çözganligi ma’lum. Turkiyaning trt.net.tr saytiga köra, bu davlatga qidiruv-qutqaruv guruhini yuborgan birinçi davlat Ozarboyjon bölgan. Ozarboyjon dastlab 400 kişilik, keyin yana 227 kişilik qidiruv-qutqaruv guruhini yubordi.

Bundan taşqari:

  • AQŞ 161 kişilik qidiruv-qutqaruv guruhi;
  • Yevropa Ittifoqi 30 nafar;
  • Meksika 145 nafar;
  • Fransiya 139 nafar;
  • Avstriya 105 nafar;
  • Şveytsariya 80 nafar;
  • Malta 32 nafar;
  • Bolgariya 59 nafar;
  • Kosovo 30 nafar;
  • Vengriya 101 nafar;
  • Xorvatiya 40 nafar;
  • Bosniya va Hersegovina 17 nafar;
  • Serbiya 27 nafar;
  • Albaniya 53 nafar nafar;
  • Şvetsiya va Finlandiya 1400 nafar;
  • Rossiya 147 nafar;
  • Moldova 55 nafar;