Özgidromet xizmati agentligi dam oliş kunlari 10–12 fevral sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

9 fevral kuni Özbekiston hududiga sovuq kirib keldi. Respublikaning kata qismida yomğir yoğdi va yomğir qorga aylandi. 10 fevral kuni ertalabga kelib, hududning katta qismida qor yoğişi töxtadi. Faqat respublikaning janubi-şarqiy hududlarida biroz qor yoğişi saqlanib turibdi.

Dam oliş kunlari barça hududlarda quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim toğli hududlarida biroz qor yoğişi mumkin.

Keçalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat keçalari −2…−7 daraja atrofida böladi. Kunduz kunlari havo +2…5 darajagaça, janubda +7…+9 darajagaça isiydi. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelişi saqlanib turadi.

«9−10 fevral kunlari yoğib ötgan kuçli qor qoplamining balandligi ikki keça-kunduzda 60–70 santimetrga oşdi va 150 santimetrga yetdi, bu me’yordan deyarli 2 barobar köp. Yangi yoğgan qor beqaror holatda, şuning uçun qor köçiş xavfi juda yuqori. Toğlarga borganingizda juda ehtiyot böliş söraladi», deyiladi xabarda.