Özbekistonda uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş harakatlarini birinçi marta sodir etganlik uçun ma’muriy javobgarlikni belgilanişi mumkin.

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga köra, dekabr oyiga qadar tegişli qonun loyihasi işlab çiqiladi.

Bu toifadagi huquqbuzarliklar uçun Jinoyat kodeksiga belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo çoralarini kiritiş ham taklif etilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş 2019 yilda jinoyat deb e’lon qilingan. Buni sodir etganlarga 3 yilgaça qamoq jazosi beriladi.

Agar şaxs bu narsalarni öz ixtiyori bilan topşirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Oğirlaştiruvçi holatlardagi jazo esa – 3 yildan 10 yilgaça qamoq.