“Toşkent metropoliteni” tarkibida 64 ta poyezd bor, şuning 27 yoki 28 tasi aynan Çilonzor yönalişida harakatlanadi. Çilonzor tumanida aholi ziç joylaşgani, bir qança OTMning şu hududdaligi uçun ham bu bekatda yölovçilar oqimi katta, tirbandlik esa doimiy.
Metrodagi vaziyatni örganiş uçun jamoamiz bilan ertalab soat 8:30dan “Çilonzor” metro bekatida böldik. Haqiqatan stansiyadan foydalanuvçilar soni köp, hamma işga yoki öqişga şoşgan.
“Poyezdlar vaqti-vaqti bilan keladi, lekin odam köpligi uçun tiqilinçlar bölaveradi. Mana hozir ham qolib ketdik, endi keyingisini kutamiz”, – deydi yölovçilardan biri.
“Hozirgi kunda metro xizmati yaxşilangan, har daqiqada bitta poyezd keladi. U bilan har bir bekatga 2 daqiqada yetib oliş mumkin”, – deydi boşqa bir yölovçi.
“Qişda poyezdlar sekin keladi, havo ilib qolsa, tezroq keladi. Poyezdlar hozir har 2 daqiqada kelyapti. Lekin baribir tiqilinçlar bor. Iloji bölsa, boşidagi 2 ta vagonni ayollar uçun ajratişsa yaxşi bölar edi”, – dedi talaba qizlardan biri.
“Toşkent metropoliteni” DUK matbuot kotibi Töyçi Mirzayevning Kun.uz'ga aytişiça, metropolitendan foydalanayotgan yölovçilar soni keskin ortib, hozirda kuniga 600-620 ming nafarni taşkil etmoqda. Bu esa yölovçilar orasida tirbandliklarni keltirib çiqarmoqda. Muammolarni maksimal ravişda kamaytiriş, intervallarni qisqartiriş uçun şu yil 9 yanvardan metro yaqinida joylaşgan 31 ta OTMdagi darslar keçroq boşlanadigan böldi.
“Ilgari işga hamda öqişga boruvçilar bir vaqtda çiqişar edi, bu esa yölovçilar orasida tirbandlikni yuzaga keltirib, Sergelidan kelayotgan harakat tarkibiga “Olmazor” va “Çilonzor” metro bekatlaridan yölovçilarimizning çiqişi muşkul bölar edi. Bunda bekatdagi 20-30 foiz yölovçi çiqa olar edi, xolos. Hozir esa bu körsatkiç 70-80 foizga kötarildi.
Şuningdek, yönalişlarda vaqt intervallari ham bir qança qisqartirildi. Çilonzor yönalişida ertalabki tirband vaqtlarda oraliq interval 1,5–2 daqiqa, Özbekiston yönalişida 3-4 daqiqa, Yunusobod yönalişida 6-7 daqiqa, yerusti halqa yönalişida esa 8-10 daqiqa qilib qöyildi”, – deydi metropoliten matbuot kotibi.
Eslatib ötamiz, tirbandlikni bartaraf etiş maqsadida bundan avvalroq Olmazor metro bekatidan boşlab böş bölgan zaxira poyezdlari ham çiqarilib, Özbekiston yönalişiga 5 vagonli 4 ta poyezd
















