Prezident Şavkat Mirziyoyev “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanişdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida 27 ta loyiha amalga oşirilib, 5 ming 300 ga yaqin iş örni yaratilgan. Oxirgi yillarda uning faoliyati takomillaştirilib, biznesga qulaylik kengaytirildi. Hozir bu yerda köp turdagi sanoat mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Ular qatoriga 2022 yil oktyabrda Iruskon qandolat korxonasi qöşildi.
Davlat rahbari uning iş jarayonini, mahsulotlarini közdan keçirdi. Korxonada Rossiya, Turkiya, Germaniya va Italiya tajribasi asosida eksportbop mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Yillik quvvati 12 ming tonna. 100 ga yaqin kişi iş bilan ta’minlangan. Kelgusi yil ikkinçi bosqiç uçun Germaniya va Turkiyadan yana 5 million dollarlik uskunalar olib keliş rejalaştirilgan. Buning natijasida yana 550 nafar yangi iş örni yaratiladi.

Iqtisodiy zonadagi yana bir korxona - Master Building Producs mas’uliyati çeklangan jamiyatida yiliga 3 million dona quvur va fiting mahsulotlari, quriliş materiallari tayyorlanadi. 600 ga yaqin iş örni yaratilgan. Davlat rahbari uşbu mahsulotlar körgazmasi bilan tanişdi.

Global Optical Communication Özbekiston-Janubiy Koreya qöşma korxonasi ham közdan keçirildi. Bu yerda yiliga 85 ming kilometrlik optik tolali kabel mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. 115 kişi mehnat qilmoqda.
Prezident korxonalarda mahalliylaştiriş darajasini oşirib, import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş böyiça körsatmalar berdi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida yana 14 loyiha amalga oşirilmoqda. Şundan 5 tasi joriy yilda işga tuşiriladi.

















