Şusiz ham suv taqçilligi, qurğoqçilik va çöllaniş kabi muammolar bilan kuraşayotgan Özbekiston oldida yana bir jiddiy muammo paydo bölgan.
2022 yil 31 mart kuni “Tolibon” hukumati mamlakat şimolidagi yirik kanal qurilişi loyihasi taqdimotini ötkazgan edi. Unga köra, Balx viloyati hududida Amudaryodan boşlanadigan Qöştepa kanali qurilmoqda.
Bu kanal qurib bitkazilganda suv kam yillarda suvi 34 kub kilometrgaça pasayib ketadigan Amudaryoning deyarli 10 kub kilometr, ya’ni uçdan bir qism suvi Afğonistonning içkari hududlariga oqib ketadi. Bu esa Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun jiddiy oqibatlar yaratişi mumkin.
Kun.uz muxbiri Özbekiston davlatçiligi oldida turgan uşbu yirik muammo va umuman Afğonistondagi vaziyat, u yerdagi muvaqqat hukumatning Özbekiston hukumati bilan aloqalarida paydo bölgan çigalliklar haqida qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov, siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Suhrob Böronov bilan suhbatlaşdi.
— Usmon aka, Afğoniston şimolida qurilayotgan Qöştepa kanali. Meliorator olim sifatida siz bu loyihadan qançalik xabardorsiz, bu qanday loyiha va u qurib bitkazilsa, nima böladi?
Usmon Norqulov:
— Afğonistondagi uzoq yillik uruşlar sabab suv tizimida, qişloq xöjaligida keskin özgarişlar bölib ketgan. Ötgan asrning 70-yillarida Afğoniston 3,5 mln gektar yerni suğorib dehqonçilik qilgan. Keyingi yillardagi notinçlik sabab 1,5 mln gektar yer qişloq xöjaligidan çiqib ketgan. Faqat yer emas, suğoriş tarmoqlari ham yaroqsiz holga kelib qolgan. Hozirgi qazilayotgan kanal rostdan ham juda katta.
Suvning boş qismini qayerdan olişadi, degan muhim savol bor bu yerda. Hozirgi berilayotgan ma’lumotlarga köra, Amudaryoning boşlaniş qismidan olişadi. Kanal Afğonistonning tekislikdan iborat hududidan ötadi. Ayni kanal ötadigan janubi-şarqiy qismida katta tekislik bor. Bu tekislikning katta qismi Qoraqum çöli hududiga töğri keladi. Kanal esa qumli hududdan ötadi va kanalning foydali iş koeffitsiyenti past böladi. Turkmanistonning Qoraqum kanali ham xuddi şunday toifadagi kanal.

Öylaymanki, agar tuproq uzanidan ketadigan bölsa, katta miqdorda suv yöqotişlari böladi. Atrof ekologiyasiga, tuproqning tarkibiga, şörlaniş sikliga juda katta ta’sir ötkazadi. Dalaga 50 foiz suv yetib boradi, deylik, lekin öşa yerdayam yana muammolar bor. Çunki dala hali bu suvni qabul qilişga tayyor emas. Eng yomon tomoni şundaki, u yerda suğoriş tarmoqlari, taqsimlaş-ölçaş inşootlari bölişi kerak. Öşa hududdagi dehqonlarning tayyorgarligi qanday, nima yetiştirmoqçi, qança suv talab qilyapti, degan masalalar turibdi.



















