Mirzo Uluğbek tumanidagi devorlari yorilgan köp qavatli uyni qurgan «Quyun» MÇJ rahbari fuqarolarga xonadonlarni aldov yöli bilan sotgan. U quriliş davomida bir qança me’yor va talablarni buzgan, quriliş jarayonda odam ölimiga ham sababçi bölgan.
11 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi qurilgani aytilgan köp qavatli uy devorlari içidan darz ketgani aks etgan videolar tarqalgandi. Holat yuzasidan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining ma’lum qilişiça, Mirzo Uluğbekning Mağrur köçasidagi 55B-uy 2017 yilda fuqaro B.Zokirov tomonidan özi va oila a’zolarining yaşaşi uçun yakka tartibdagi uy-joy sifatida qurilgan va fuqarolarga alohida kvartira sifatida özboşimçalik bilan rekonstruksiya qilingan va sotilgan.
Qayd etilişiça, barpo etilgan uy ekspertizadan ötkazilgan va uning xulosasiga köra, qurilişning bir neçta talablari buzilgan. Bino seysmik zonada quriliş ötkaziş talablariga javob bermasligi ham aniqlangan. Hozir uy avariya holatida.
Fuqarolarga aldov yöli bilan uy sotgan B.Zokirov esa 2022 yilning iyun oyida JKning 186-moddasi 4-qismi «a», «b» bandlari (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatişda odamlar ölimiga, boşqaça oğir oqibatlarning kelib çiqişi), 168-modda 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) va 229-moddalari (özboşimçalik) bilan aybli deb topilgan va 8 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Ayni vaqt fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida sud organi tomonidan kompensatsiya pulini undiriş uçun sud jarayonlari davom etmoqda.
«Yuqoridagi holatlarning oldini oliş maqsadida 2021 yil 22 fevralda «Şaharsozlik kodeksi»ning 23-moddasiga asosan şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqişda ikki qavatdan yuqori bölgan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan yakka tartibdagi uy-joylarni ekspertiza va quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan röyxatga oliş tartibi joriy qilingan. Ta’kidlaş lozimki, uşbu bino köp kvartirali uy-joy sifatida quriliş me’yor va talablari asosida qurilmagan», – deyiladi rasmiy munosabatda.

















