12 fevral kuni Afğoniston temiryöl boşqarmasi va «Sogdiana trans» ŞK örtasida «Hayraton-Mozori Şarif» temiryölida ekspluatatsiya işlarini davom ettiriş töğrisida yangi kelişuv imzolandi. Bu haqda «Özbekiston temiryöllari» matbuot xizmati xabar qildi. Yangi kelişuvga köra, «Sogdiana trans» ikki yil davomida öz faoliyatini davom ettiradi.

Bundan taşqari, tomonlar birgalikda «Mozori Şarif» bekatiga yuklarni yetkazib berişni tezlaştirişni kelişib olgan. Şuningdek, Afğoniston temiryöllari boşqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlaşga alohida e’tibor qaratilgan.

10−11 fevral kunlari Afğonistonga 714 ta yuk vagoni yetkazilgan. Bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib beriş davom etmoqda», — deyiladi «Özbekiston temiryöllari» matbuot xizmati xabarida.

Joriy yil 1 fevralidan Özbekistondan Afğonistonga temiryöl qatnovi vaqtinça töxtatilgandi. «Özbekiston temiryöllari» bunga ikki davlat örtasida tuzilgan şartnoma öz vaqtida bajarilmagani sabab bölganini ma’lum qildi.

8–10 fevral kunlari Termizda Afğoniston temiryöllari boşqarmasi delegasiyasi bilan uçraşuv ötkazildi. Uning natijasida Afğoniston temiryöl boşqarmasi va «Sogdiana trans» ŞK örtasida Hayraton−Mozori Şarif temiryölini ekspluatatsiya qilişni kelgusida davom ettiriş böyiça yangi şartnoma imzolaşga kelişildi va ikki davlat örtasida yuk taşuvi tiklandi.

Uzunligi 75 km, loyiha qiymati 129 mln dollar bölgan «Hayraton – Mozori Şarif» temiryöli «Özbekiston temiryöllari» tomonidan 2010 yil noyabr oyida qurib bitkazilgan. Uni boşqariş va texnik xizmat körsatiş işlarini 2011 yil dekabridan beri «Özbekiston temiryöllari» AJ şu’ba korxonasi «Sogdiana trans» amalga oşirib kelmoqda. 

Ötgan 12 yil davomida Afğoniston temiryöllari loyihadan 315 mln dollar qiymatida daromad olgan. Bundan taşqari, uşbu temiryöl liniyasi orqali Afğonistonga bir neça ming tonnalab gumanitar yordam, oziq-ovqat, neft, buğdoy, metall va xalq ehtiyoji uçun boşqa zarur tovarlar va sanoat mahsulotlari yetkazib berilgan.