Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlaridan 6 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga evakuatsiya qilindi
Jabrlanuvchilarning 5 nafari bir oila vakillaridir.
11 fevral kuni o‘zbekistonlik oilaning 5 nafar a’zosi 11 fevral kuni zilzila sodir bo‘lgan Malatya shahridan evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar bergan.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarga aviachiptalar Turkiyadagi Bosh konsulxonaning tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan xarid qilingan.
Shu kuni yana bir G‘oziantep shahridan yana bir o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani ma’lum qilindi.
10 fevral kuni Bosh konsulxona ko‘magi bilan 2 nafar vatandoshimiz zilzila sodir bo‘lgan Adana shahridan Istanbulga evakuatsiya qilingani, ularga Uzbekistan Airways’ning HY-274 Istanbul-Toshkent samolyoti uchun aviachipta olib berilib, O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgandi.
Avvalroq Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi Turkiyaning Hatay viloyatidan 11 nafar o‘zbekistonlik va 6 nafar qirg‘izistonlik maxsus samolyotda Toshkentga evakuatsiya qilingani haqida xabar bergandi.
Evakuatsiya qilinganlar Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida bedarak yo‘qolib, keyinchalik vayronalar orasidan qutqarilgan o‘zbekistonliklarmi yoki boshqa fuqarolar, bunga rasmiy xabarlarda aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Turkiyadagi zilzila oqibatida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Vayronalar orasida 3 nafar vatandosh qutqarib olingan bo‘lsa, bedarak yo‘qolgan o‘ndan ziyod o‘zbekistonlik qidirilmoqda.
Mavzuga oid
20:48
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024