Tegişli qaror loyihasiga köra, u çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Özbekiston Içki işlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalariga Özbekistonda doimiy yaşaşga ruxsatnoma oliş uçun bevosita özi kelib murojaat qiliş bilan bir qatorda, davlat xizmati körsatişning elektron şakli, ya’ni onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ariza yuboriş imkoniyatini yaratiş maqsadida işlab çiqilgan.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • birinçidan, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan Özbekistonda doimiy yaşaşga ruxsatnoma oliş uçun vakolatli davlat organiga YaIDXP orqali murojaat qiliş böyiça davlat xizmati körsatişning tartib taomillarini belgilaş;
  • ikkinçidan, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan Özbekistonda doimiy yaşaşga ruxsatnoma oliş uçun vakolatli davlat organiga YaIDXP orqali ariza yuboriş böyiça davlat xizmati körsatilişini ta’minlaş uçun zarur bölgan axborot tizimlarini özaro integratsiya qiliş;
  • uçinçidan, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan Özbekistonda doimiy yaşaşga ruxsatnoma oliş uçun YaIDXP orqali ariza yuboriş böyiça davlat xizmati vakolatli organ tomonidan qabul qiliş, körib çiqiş va xabarnoma yuboriş idoralararo avtomatlaştirilgan tizim orqali amalga oşiriş.

Bildirilişiça, qaror loyihasi qabul qilinişi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning vaqtlarini tejaşga, ularga qulaylik yaratişga, ya’ni Özbekistonda doimiy yaşaşga ruxsatnoma oliş uçun vakolatli davlat organiga YaIDXP orqali ariza yuboriş böyiça davlat xizmatidan onlayn tarzda foydalaniş imkoniyati yaratiladi.