Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi D. Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

6 fevral kuni o‘tkazilgan sud majlisida davlat ayblovchisi tomonidan o‘qib eshittirilgan ayblov xulosasining qisqacha mazmuniga ko‘ra:

Foto: Oliy sud axborot xizmati

A. Mirzambetov 2022 yil 2 iyul kuni Chimboy tumanida to‘plangan odamlarga ovoz kuchaytirish moslamalari orqali D. Tajimuratov lider ekanligi, uni ozod qilish va Qoraqalpog‘istonga bosh etish lozimligini ma’lum qilib, ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilgan;

D. Nadirbayev 2022 yil 2 iyul kuni Taxtako‘pir tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilgan;

P. Yesengeldiyev 2022 yil 2 iyul kuni Qo‘ng‘irot tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilgan;

K. Yeshjanov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;

M. Pirlepesov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;

A. Sariyev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, ularga yetakchilik qilgan;

N. Bauyetdinov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda yetakchilik qilgan;

A. Sharapov 2022 yil 1-2 iyul kunlari Qorao‘zak tumanidan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularda faol ishtirok etgan;

O. Mamutov 2022 yil 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan;