Duşanba kuni keçqurun berilgan ma’lumotlarga köra, ikki mamlakatda zilzila qurbonlari soni 37 ming kişidan oşgan, ammo bu raqamlar yakuniy emasligi aniq.

Turkiya Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş boşqarmasi ma’lumotlariga köra, mamlakatda 31 643 kişi ölimi tasdiqlangan, qöşni Suriyaning şimoli-ğarbida esa qurbonlar soni 5714 nafarga yetgan.

BMT falokat hududida 800 mingdan ortiq kişi töyib ovqatlanmayotganini ma’lum qildi, taşkilotning joylarda yordam körsatiş agentligi esa zilzila qurbonlarining yakuniy soni katta ehtimol bilan hozirgidan ikki barobar köp bölişidan ogohlantirmoqda.

Ikki mamlakatda ham oziq-ovqat zaxiralari tugamoqda. Hozirgi vaqtda Turkiya janubidagi Adana şahrida bölib turgan humanitar taşkilotlar xodimlaridan birining BBC naşriga aytişiça, zarur buyumlar röyxati ulkan, hududlarga içki kiyimlar, palatkalar va adyollar yetkaziş juda qiyin bölmoqda.

Bu hafta Turkiya va Suriyada harorat pasayişi kutilmoqda, bu esa qutqaruvçilar uçun ham, zilziladan keyin omon qolgan bölsa-da, boşpanasini yöqotganlar uçun ham qöşimça qiyinçiliklar tuğdiradi.

Şanba kuni, qurbonlar soni 28 ming kişiga yetganida, BMT boş kotibining humanitar masalalar böyiça örinbosari hamda favqulodda yordam böyiça koordinator bölgan Martin Griffits bu raqam ikki va hatto uç baravar köproqqa oşişi kutilayotganini aytgandi.

Suriyadagi vaziyat

Duşanba kuni Suriya şimolidagi Halab şahriga taşrifi çoğida Griffits qutqaruv amaliyoti bosqiçi yakunlanayotgani va hukumat öz e’tiborini tirik qolganlarga boşpana, oziq-ovqat, maktab ta’limi va tibbiy yordam bilan ta’minlaşga qaratişini aytdi.

«Biz gaplaşgan odamlarning jarohati körinib turibdi va bu butun dunyo davolaşi kerak bölgan jarohatdir», dedi u  jurnalistlarga Halabga taşrifi vaqtida.

Griffits xonim şuningdek BMT tez orada hukumat nazoratidagi hududlardan mamlakat şimoli-ğarbidagi isyonçilar nazoratidagi hududlarga yordam olib kirişni boşlaşi haqida aytib ötdi.

«Biz odamlarga şu yerning özida ğamxörlik qilişimiz muhim», degan u va hozirgi holat köplab suriyaliklar öz hayotida boşdan keçirayotgan eng yomon davr ekanini qöşimça qildi. Uning sözlariga köra, xalqaro hamjamiyat hamon Suriya şimoli-ğarbidagi jabrlanganlarga yordam bera olmayapti.