Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida tadbirkorlar, Navoiy viloyatida esa aholi quyoş panellari örnatişga majburlanayotgani haqidagi xabarlar paydo böldi. Bunday majburlovlar aholining haqli e’tiroziga sabab bölmoqda.

«Tovuqni ham boyib ketasizlar deb sotişgandi...»

Jurnalist Ruslan Saburov Navoiy viloyatida aholi, budjet taşkilotlarida işlovçilar, xususan öqituvçilar kredit evaziga öz xonadoniga quyoş panellari örnatişga majbur qilinayotgani haqida yozdi:

«Karmana tumani Malik mahallasida barça uylarning tomiga quyoş panellari örnatiş böyiça topşiriq berilibdi. Uylar taşkilotlarga taqsimlanibdi. Ular esa majburlovçi rolini bajarişmoqda. 

Umuman olganda, quyoş panellari yomon narsa emas, yaşil energiya. Har bir xonadon özini özi elektr energiya bilan ta’minlasa, buning nimasi yomon, şunday emasmi? Faqat sallani olib kel desa, kallani olib boriş kerak emas.

Hozirgina «Mikrokreditbank» Karmana tumani filiali vakili qönğiroq qilib qoldi. Bizning uy uşbu taşkilotga biriktirilgan ekan. Kredit beramiz, dadangiz könmayapti, tuşuntiring, deydi. Kredit kerak emas, imkon bölganida özimiz qöyib olamiz, dedim. Yöq, könmaydi. «Bizni ham majburlaşyapti-da, viloyat hokimligidan, tuman hokimligidan», deydi.

Nima emiş, kredit olib tomga quyoş paneli örnatişimiz kerak ekan. Kredit olmasdan örnataman, desam, 2 kunda örnatasizmi, deydi yana. Asta masalaning içiga «möralasam», örnatib beruvçilar ham tayyor ekan...

Bilaman, bank xodimida ayb yöq, u topşiriqni bajaryapti. Viloyat va tuman hokimligida şu topşiriqni berib, majburlayotganlarga e’tiroz tuğiladi-da, beixtiyor.

Birinçidan, mahalladagi hamma xonadon bunga tayyormi, degan savol atrofida öylab köriş kerak: mazkur mahalladagi barça oilalarning iqtisodiy imkoniyati bir xil emas, işsizlar, ehtiyojmandlar, oğir ahvoldagilar bor. Yelkasiga kredit ilib qöyiş ularning ahvolini yanada oğirlaştiradi.

Ikkinçidan, mahalladagi barça ham budjet taşkilotida işlamaydi. Kredit rasmiylaştiriş uçun uning qaytiş manbasi ham bölişi kerak. Ura-urada xolasining öğli-yu, ammasining jiyani nomiga rasmiylaştirilib taşlangan kreditlar vaqt ötib bankka ham, öşa xonadonga ham boşoğriği böladi.