Döppi örniga yulinayotgan boş: aholi va biznesga quyoş panellari majburiy tarzda ötkazilmoqda
|18:30 / 15.02.202353 27110 min
Keyingi kunlarda deyarli barça viloyatlarda kiçik biznes vakillari va aholini, ayniqsa, budjet sohasida işlayotganlar xonadonlariga bank krediti evaziga quyoş panellari örnatişga majburlaş hollari köpaygan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Xususan, hamkasbimlarimdan biri Navoiydagi bank filiallaridan biri 25 million söm evaziga panel örnatişga kredit olişi kerakligi, bunga ularni viloyat hokimligi majburlayotganini hikoya qilgan. Agar u rozilik bersa — örnatadigan firma ham tayyor: bir kunda örnatib ham ketişar ekan.
Telegramdagi aloqa botimga kelgan yana bir murojaatda şunday yozilgan:
«Bankirlarni aytyapsiz, quyoş elektr panellarini örnatiş uçun bizni ham majburlaşyapti. Oylik maoşim 4 mln, qaysi pulga qöyişni bilmay qoldim. Yöli bor, lekin tinç qöyişlari uçun faqat pora beriş kerak...»
Hamma oğzidan bol tomib maqtaydigan viloyat hokimi ham har hafta apparat yiğilişlarida «panel örnatmaganlarni işdan ol, svetini öçir», deb oçiqçasiga pöpisa qilyapti ekan.
Bir paytlar «tovuq», «çorva», «parnik»ka kredit olişga majburlanganlarning köpçiligi bugun heç qanday daromad olmasdan, böynigaça qarzga botib ötiribdi. Xalqning bir marta «oğzi kuygan», endi huşyor tortmoqda.
Qolaversa, prezident quyoş panellari va issiq suv kollektorlari örnatilişi böyiça vazifalarni faqat davlat va budjet taşkilotlari uçun belgilab bergan edi. Ammo oddiy fuqarolar va biznes vakillariga joylarda quyoş panellarini örnatişni viloyatlardagi mutasaddilar prezident topşiriği, deya aholini majburlaşayotgani ayon bölmoqda.
Odatdagidek, döppi örniga boş yulinmoqda
Iqtisodçi Bakirov bu holatga baho berar ekan, «Eng ezgu va ratsional taşabbuslar ham xudo qisgan hokimlarning qöli bilan absurdga aylantirilişi birinçi marta emas», deb yozdi.
«Döppi desa, boş yulib kelinadigan kampaniyabozlik barça viloyatlarda davom etmoqda, lekin doimgidek Özbekiston qonunlari işlamaydigan Andijon viloyati şu masaladayam yetakçi.
Tadbirkorlar quyoş panellarini örnatişga majburlovda uçta muammoni qayd etişmoqda:
Birinçidan, biznes vakillariga ularning zaruriyatidan ortiq panellar örnatiş vazifasi topşirilmoqda.
Ikkinçidan,
Mavzuga oid
taklif etilgan panellar qimmatlaştirilgan va erkin tanlov mavjud emas. Ayniqsa, kredit hisobiga sotib olişga majburlanayotgan panellar karrasiga qimmatlaştirilgan. Bu bilamizki, qizil tovuqdan tortib qoramolgaça bölgan masalalarda tajriba orttirgan özbek hokimlarining sevimli pul işlaş usuli.
Uçinçidan, tadbirkorlarning hisobi bor, ular şuning uçun ham tadbirkor. Karrasiga qimmatlaştirilgan va bank krediti hisobiga sotib olinayotgan panellar generatsiyasi ertaga hatto bozor narxlariga ötsak ham, tariflar uç barobar oşsayam, 10 yilda özini oqlamaydi. Bu qanaqa afzallik va bu qanaqa muqobillik?» — deb yozadi Bakirov.
Prezident nima degan edi?
Fevral oyi boşida vodiy viloyatlariga safar qilgan prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahrida faollar bilan uçraşganda yaşil energetika mavzusida gap oçgan edi.
«Nima uçun mas’ul rahbarlar öz hududida yetişmovçilikni qoplaş, «yaşil energiya»ni joriy qiliş, tejamkorlik haqida öylamagan?» — deya savol qöygan davlatimiz rahbari.
Prezident öşa yiğilişda vodiy viloyatlarida 160 MWʼli quyoş panellari va 100 ta mikro GESlar qurilişi haqida gapirgan va bu işlarni joylarda töğri taşkil etiş, masalalarni hal qiliş uçun viloyat hokimlarining 1-örinbosarlari mas’ul bölişi va barça işlardan ozod qilinişi, ularga respublika bank rahbarlari biriktirilişini belgilagan edi.
Ijtimoiy soha obektlarida «quyoş energiyasi»dan foydalaniş uçun alohida kompaniya taşkil etilişi, unga 200 mln dollar mablağ berilişi va bu kompaniya quyoş panellari va suv isitiş qurilmalarini özi örnatişi hamda «yaşil energiya»ni budjet korxonasiga sotişi belgilangan edi. Bu soha daromadliligini tadbirkorlarga tuşuntirib, ularni ham bu işga jalb qiliş kerakligi ta’kidlangandi.
Yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvçi energiya manbalari örnatilişi aytilgandi. Birgina vodiy viloyatlarida 1 408 ta yirik korxona özining elektr ehtiyojini 100 foiz özi ta’minlaşga ötkaziş viloyat hokimlari, Energetika vazirligi va tarmoq rahbarlari uçun ustuvor vazifa bölişi kerakligi prezident tomonidan belgilangan edi.
Sanoat korxonalarida quyoş panellari örnatiş va kiçik stansiyalar quriş uçun xalqaro moliya taşkilotlaridan 2 milliard dollar jalb qiliş çoralari körilişi aytilgan edi.
Nega bankirlar yana ğimirlab qolişdi?
Kam ta’minlangan oilalarga kredit evaziga tovuq, çorva mollari tarqatiş, parnik qurib beriş «operatsiyalari»da garçi mablağ davlat budjetidan ajratilgan bölsa-da, eng katta foydani (noqonuniy foydani, albatta!) bankirlar va ta’minotçi korxonalar körgani heç kimga sir emas.
Çunki kredit evaziga parranda, çorva va parnik oluvçilar ajratilgan pulga özlari sifatliroği va arzonroğini emas, aynan bankirlar körsatgan ta’minotçi korxonalardan sifatsizroği va qimmatroğini olişga majbur bölişdi.
Ta’minotçi korxonalarda esa çorva va parranda narxi bozordagidan 3 baravargaça qimmatroq, quriladigan parnik bilan ham şu ahvol. Sifatsiz, «mendan ketgunça egasiga yetgunça» qurilgan parniklar haqida önlab murojaatlarni örgangan inson sifatida yozyapman buni.
Qolaversa, öşanda xizmatni bajarib, tovuq, çorva, parniklarni yetkazib berib, bankdan pulini undirolmay yurgan ta’minotçilar ham bizga murojaat qilişgandi, bunday korxonalar axtarilsa hozir ham çiqsa kerak.
Hammasi bankir va ta’minotçi korxonalar örtasida tuziladigan «özaro manfaatli bitim» bilan boğliq. Bankka «uluş»ini bergan ta’minotçining oşiği olçi. Kelişolmagani, töğriroği, pora bermagani pulini ololmay yuradi. Bu 100 foiz korrupsion sxema.
Quyoş panellari bilan ham aynan şunday bölyapti, deb qörqmasdan ayta olaman. Bir ezgu taşabbus bahona, kimlardir mömay daromad ilinjida eşagini qamçilamoqda.
«Eşagidan tuşovi qimmat»
Sanoat korxonalari va biznesni-ku qöyaturing, özi hozirgi şaroitda xonadonlarga kredit evaziga quyoş panellari örnatiş samaralimi?
Masalan, Navoiyda banklar xonadonlarga eng kamida 2,2 KWa quvvat beradigan quyoş panellari uçun 25–27 million sömlik kredit taklif etişmoqda. Bundan taşqari uning foizlari ham bor.
Oddiy arifmetika
Hisob-kitob qilib köraylik: 25 mln söm bugungi kunda 1 KW-soat uçun xonadonlarga belgilangan tarif — 295 sömdan hisoblansa 84 ming 745 KW böladi. Bir oyda 100 KW elektr energiya işlatsangiz — bu summa 847 oy (70 yil)ga yetadi. 200 KW işlatsangiz 423 oy (35 yil)ga yetadi.
Aniq körinib turibdiki, kreditga örnatilgan quyoş panellarining heç qaçon puli çiqmaydi va özini oqlamaydi. Hattoki elektr energiyasi narxi erkinlaştirilib, narx ikki barobarga oşirilgan taqdirda ham.
Töğri, quyoş panellari kerak. Yaşil energetikaga sekin-asta ötişimiz şart. Buni hayotning özi taqozo etmoqda. Lekin bu tarzda, haybarakallaçilik va fuqarolar haqini özlaştiriş maqsadida şoşilinç va majburlovçi harakatlar bilan odamlarni bezdirib qöyilmayaptimi? Undan köra yirik quyoş va şamol elektr stansiyalarini qurişni köpaytiriş, sohaga investorlarni köproq jalb qiliş afzal emasmi?
Avvalo şaxsiy namuna bölsin
Samarasi mavhum bölgan buyum uçun kredit olişga nega yana aynan maoşi u oydan bu oyga zörğa yetadigan budjet sohasi xodimlari majburlanmoqda? Modomiki, şu işlar mana şunday majburlov tarzida amalga oşirilişi kerak bölsa ham buning samaraliroq, barçaga birdek foydasi tegadigan yöli bor-ku?
Yillik örtaça elektr energiyasi iste’moli 5000 KW-soatdan oşgan xonadonlardan boşlaş kerak emasmi? Elektr energiyasini «içayotgan» xonadonlar haqidagi ma’lumotlar elektr ta’minoti korxonalarida bor. Arzon va subsidiyalangan elektr energiyasidan boylar tarallabedod qilib foydalanişmoqda. Hojatxonasigaça konditsioner örnatib... deymiz-u, ammo buni amalga oşirişga ham korrupsiya degan balo albatta xalaqit beradi.
Çunki yuqorida botga kelgan murojaatda aytilganidek, majburiy talabdan pora evaziga qutulib qolsa böladi. Boylarda esa pul köp, ularni bu narsaga majburlab bölmaydi.
Yoki aholini kredit olinglar deb majburlayotgan banklarni töliq elektr tarmoğidan uzib, quyoş panellariga ötkaziş kerak. Ana şunda energetikamizga ham foyda köproq bölar edi. Quyoş botganidan söng bank işçilari ham odamga öxşab, uyiga borib oilasi davrasida dam olar edi, yarim keçagaça işda ötirmasdan.
Yoki yana bitta çora: öşa majburlovlar ustida turgan hokim, “zamhokim”, boşqarma boşliqlari avval özlari xonadonlarini töliq quyoş paneliga ötkazib, uyini elektr tarmoğidan uzib taşlab, xalqqa şaxsiy namuna bölib körsatsin. «Piçoq»ni avval odam öziga «urişi», oğrimasa birovga «urişi» kerak-ku?
Oçko olişga örgangan hokimlar bu işlari bilan ham prezidentning «köziga çöp suqayotganlari»ni, maşmaşalar ortidan «otiladigan har qanday toş» aynan prezidentga borib tegişini nahot öylamaydilar?